Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

"Portu" - "Liverpul". Tarixga nazar

26 fev 2018, 23:35
*


Bugun Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 finalidan o'rin olgan "Portu" - "Liverpul" baxsi bo'lib o'tadi. Jamoalar bugunga qadar yevrokuboklarda to'rt bor to'qnash kelishgan. Klubimiz rasmiy sayti jamoalarning avvalgi to'qnashuviga nazar tashladi.

*


"Portu" - "Liverpul" 0:0 (8-mart, 2001 yil)


Jamoalarning ilk to'qnashuvi UEFA Kubogining 1/4 finaliga to'g'ri kelgan. O'shanda Deku va Nuno Kapuchosi bor portugallar "Liverpul"ni himoyada o'ynashga majbur qilgan. Ammo Jerar Ulye shogirdlari safarda o'zlariga kerakli natijani qo'lga kiritishadi.

*


"Liverpul" - "Portu" 2:0 (15-mart, 2001 yil)

Bir haftadan keyin "Enfild"dagi javob o'yinida mezbonlar bir taym davom to'liq ustunlik qilishadi. Stiven Jerrardning 33 hamda 38-daqiqalarda yaratgan xavfli vaziyatlarini Denni Myorfi va Maykl Ouen gol bilan yakunlashib, klubni 1/2 finalda "Barselona" bilan qarama-qarshilikka olib chiqadi.

*


"Portu" - "Liverpul" 1:1 (15-sentabr, 2007 yil)

"Milan" ustidan qozonilgan yorqin g'alabadan so'ng, "Liverpul" Chempionlar Ligasining navbatdagi mavsumini "Dragau" stadionida boshlaydi. Jermeyn Pennant qizil kartochka olgan baxsda, penaltidan Lucho gol kiritadi. Mehmonlar safida Dirk Kuyt durang natijani qayd etuvchi golga mualliflik qiladi.

*


"Liverpul" - "Portu" 4:1 (28-noyabr, 2007 yil)

"Portu"dan keyin "Marsel" va "Beshiktosh"ga mag'lub bo'lgan, "Liverpul" 4-turdan keyin raqiblarini qaqshatqich mag'lubiyatlarga uchratdi. Dastlab, "Beshiktosh" 8:0, so'nggi turda "Marsel" mehmonda 4:0 hisobida mag'lub etdi. 5-turda Enfildda "ajdarlar"ni qabul qilgan Rafa Benitez shogirdlarini to'xtatib qolishning umuman iloji bo'lmadi.

O'yinning 19-daqiqasida Jerrardning burchakdan yetkazib bergan to'pini darvozaga yo'llab, hisobni ochadi. Lisandro Lopez 33-daqiqada hisobni tenglashtiradi. Ikkinchi bo'limda yana xavfli o'yin namoyish qilgan mezbonlar uchrashuvning asosiy vaqti tugashiga 12 daqiqa qolganida Torresning dublidan keyin yana hisobda oldinga chiqib olishadi. Jerrardning penaltidan urgan goli, Krouchning boshi bilan yo'llagan zarbasi o'yinning yirik hisobda yakunlanishini ta'minlaydi.
Teglar :
Manba : Liverpul.uz
Qo`shdi: Liverpool_my_life
Ko`rildi: 450 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 47
» Foydalanuvchilar: 4
» Mexmonlar: 43

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog