Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Roberto Firmino - "Liverpul"ning yanvar oyidagi eng yaxshi futbolchisi

13 fev 2018, 13:00
Bilamizki, "Liverpul" rasmiy sayti hamkorlari Standard Chartered bilan oyning eng yaxshi futbolchisini aniqlab boradi. Ovozlar natijasiga ko'ra yanvar o'yining eng yaxshi futbolchisi deb Roberto Firmino deb topildi.

Hujumchi o'tgan oy mobaynida 3 ta juda chiroyli gol kiritdi va doimgidek sifatli o'yini bilan muhlislarni hursand qildi. Bobbi bu shaxsiy sovrinni o'tgan yili yanvar oyida ham qo'lga kiritgandi.

Ushbu yutuqdan so'ng Firmino qisqacha intervyu berdi.

"Oyning eng yaxshisi deb topilganimdan juda baxtliman, ovoz bergan muhlislardan hursandman. Umid qilamanki, mavsum so'nggigacha yanada ko'proq sovrin yutaman".

Shuningdek, jurnalistlar Firminodan uning o'tgan oy kiritgan gollari ichidan eng chiroylisi qaysi ekanligi haqida so'rashdi. Esingizda bo'lsa, Roberto "Manchester Siti", "Vest Bromvich", "Haddersfild Taun" darvozalariga o'ziga xos gollar urgandi.

"Menga eng yoqqani "Siti"ga qarshi gol, chunki o'sha kuni butun o'yin yaxshi chiqdi. Uchrashuvni esa g'alaba bilan tugatdik", - deb javob berdi Firmino.
Teglar : Roberto Firmino | |
Manba : Liverpul rasmiy sayti
Qo`shdi: Bobby_Firmino
Ko`rildi: 672 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 58
» Foydalanuvchilar: 7
» Mexmonlar: 51

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog