Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Jeyms Milner: "Mag'lubiyatda faqat futbolchilar aybdor"

20 mar 2018, 15:44
"Liverpul" futbolchisi Jeyms Milner "Manchester Yunayted"dan qabul qilib olingan mag'lubiyat haqida gapirar ekan, bunga futbolchilar aybdor ekanliklarini ta'kidladi.

"So'zsiz ushbu natijadan umuman qoniqmadik. Mehmondan hech bo'lmaganda bir ochko olib qaytishni xohlagandik, lekin buni uddalay olmadik. Birinchi bo'limni juda yomon o'tkazdik. Ikkinchi taymda esa raqib bizga o'z o'yinimizni namoyish etish uchun imkon berdi. Lekin futbolchilar go'yoki "uxlab qolgan"dek tarzda o'zlarini ko'rsatishdi.

Ushbu mag'lubiyatda murabbiyning aybi yo'q. O'z xatolarimiz tufayli mag'lubiyatga uchradik. Oldinda yana sakkiz o'yin bor va maksimal natija ko'rsatish uchun harakat qilamiz", - deydi Milner.
Teglar : Jeyms Milner | Intervyular |
Manba : Liverpul rasmiy sayti
Qo`shdi: Liverpool_my_life
Ko`rildi: 610 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 29
» Foydalanuvchilar: 6
» Mexmonlar: 23

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog