Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

“Liverpul”ning 7 yoshli saxovatpesha muxlisi haqida kichkina hikoya

26 mar 2018, 17:12
“Liverpul”ning 7 yoshli muxlisi Alfi Redfordning hikoyasi butun Britaniya ahli qalbiga iliqlik hadya etdi.

“Liverpul”ning 7 yoshli muxlisi Alfi Redfordning hikoyasi butun Britaniya ahli qalbiga iliqlik hadya etdi. Otasi bilan CHempionlar ligasida “Liverpul”ning “Portu”ga qarshi o'yinini tomosha qilishga ketayotgan bolakay, yo'l-yo'lakay otasidan kam taminlangan,yordamga muhtoj oilalar uchun eguliklar to'playdigan fudbanklar haqida bilib oladi.

7 yoshli bolakayning qalbida ularga yordam berish istagi tug'iladi. Ota-bola yaqin oradagi supermarketdan bir qancha elim xaltalarni to'ldirib oziq-ovqat, eguliklarni sotib oladi. Alfi buning uchun barcha yig'ib yurgan pullarini sarflab yuboradi.
*


“Mening do'stim fudbanklarga yordam beradi, shu boisdan, o'g'lim Alfiga uning yoshidagi shahrimizning ko'plab bolalari ochlikdan qiynalishini tushuntirdim. Alfi esa ularga haqiqatdan ham yordam berishni xohlayotganini aytib, boshqa bolalarga yoqishi mumkin bo'lgan ko'plab eguliklarni sotib oldi”, — deb hikoya qiladi bolakayning otasi Tom.

Keyinroq esa Tom intervyularda birida Alfiga haftasiga 5 funtdan va qo'shimcharavishda xursandchilik uchun 10 funt berishini malum qildi. Ota-bola Redfordlar eguliklar to'la elim xaltalarni, o'yinlar oldidan “Liverpul” va “Everton” stadionlarida navbatchilik qiladigan Fans Supporting ko'ngillilar harakatiga topshiradi.
*


Keyinroq ushbu harakat Alfini “Oyning eng yaxshi muxlisi” deb topdi.

Bu hikoyadan “Liverpul”ning chap qanot himoyachisi Endryu Robertson ham xabardor bo'lib qoladi. Robertson Alfining ko'ngilchanligini yuqori baholab,bolakayga maktub bilan Roberto Firminoning imzosi tushiriligan futbolkasini yuboradi.

“Qadrli Alfi Bu “Liverpul”dan Endi Robertson “Tvitter”da sening “Enfild”dagi fudbanklar uchun qilgan ishingni guvohi bo'ldim. O'zimdan malum, bolalikdagi cho'ntak pullari qanchalik muhim ekanligini tushunaman. Sen bu pullarga ko'plab narsalarni sotib olishing mumkin edi.

Ammo sen buni rad etib, qiyin paytlarni boshdan o'tkazayotgan, ko'makka muhtoj insonlarga yordam berganing shunchaki ajoyib! Bu hikoyang bizga hattoki kichik g'amxo'rlik ham yaqinlarimizga o'ta muhim va zarur ekanligini ko'rsatmoqda.Qilgan ishing uzoq vaqt xotiramdan o'chmaydi.

Sen boshqalar uchun ajoyib ish qila olding, va asosiysi qilgan ishing o'rniga ulardan hech narsa kutmading.Aynan shuning uchun men seni mukofotlashni istayman.Menda Roberto Firminoning bir futbolkasi bor edi. Men Robertodan unga sen uchun imzo qo'yib berishini so'radim.

Kel, Alfi, to'g'risi, hech kim chap qanot himoyachisining futbolkasini olishni xohlamasliginibilasan, shu sabab senga Bobbining futbolkasini yuboryapman. Senga yoqadi deb umid qilaman. Jamoamizdagilarning barchasi sening qilgan ishing haqida bilishi uchun qo'limdan kelganini qilaman. Senga eng yaxshi tilaklarni tilayman, kichkina odam.Endi".


*


Maktubni olgan Alfi o'zida boshqacha hislarni tuydi.“U quvonchdan o'zida emasdi va yig'lardi. Bu ish uni kelajakda yanada saxovatli inson qilishga yordam beradi deb umid qilaman”, — deydi Alfining otasi Tom.


Asror Abdunazarov tarjima
Teglar :
Manba : Championat.asia
Qo`shdi: Scouser
Ko`rildi: 455 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 86
» Foydalanuvchilar: 4
» Mexmonlar: 82

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog