Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Yurgen Klopp: "Kumush medal uchun kurash hali tugamadi"

18 mar 2018, 19:13
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Manchester Yunayted" bilan o'yindan keyingi matbuot anjumanida uchrashuv haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Agar raqibing qisqa vaqt ichida ikkita gol kiritishga erishsa, jamoangni o'yin uslubi o'zgarib ketadi. O'yini oxiriga qadar ikkinchi golni urganimizda, hech kim natija haqida hech qanday fikr bildira olmas edi. O'tkazib yuborilgan gollarda himoyachilarda ayb bor. Romelu Lukaku bilan havodagi kurashda imkon boricha yutib chiqish kerak. Mashg'ulotlarda yakkakurashlarda yaxshi ishlayabmiz, lekin o'yin vaqtida buni namoyish eta olmayabmiz. Ketma-ket kiritilgan ikki gol jamoaga ruhan juda og'ir zarba bo'ldi.

Bir muncha vaqt o'zimizga kelolmadik, biroq keyinchalik to'p nazoratini o'z qo'limizga olib, vaziyatlar yaratdik. Firminoni markazda raqib futbolchilari juda qattiq nazorat qilishdi. Shu sababdan u ko'pincha qanotda o'ynadi. Ikkinchi bo'limdagi ikkita penalti belgilanishi haqida hech qanday fikr bildira olmayman. Bugun haqli ravishda mag'lubiyatga uchradik.

"Manchester Yunayted"ni yutishning eng oson yo'li standartlardan unumli foydalanish. Bu klub himoyada juda zich o'ynaydi. Aynan shu uslubda o'ynaydigan klublar bilan baxslarda qiyinchiliklarga duch kelamiz. O'tkazib yuborilgan har ikkala gol ham, raqibning omadi kelganini anglatadi.

Mehmonda o'ynasak, imkon qadar tezroq gol kiritishga harakat qilamiz. Natijada mezbonlarning o'yin uslubi o'zgaradi va bizda vaziyatlar soni oshadi. Garchi sen mag'lubiyatga uchrasang ham, butun dunyo ko'z o'ngida chiroyli futbol namoyish etishing kerak.

"Manchester Yunayted" ikkinchi o'rinni qo'lga kiritish ehtimoli balandmi? Men bunday deb o'ylayman. Angliya chempionatida bugun ikkinchi o'rindasan, ertaga esa o'rningni boshqa egallaydi. Oradagi farq besh ochkoni tashkil etmoqda, ammo bu farq ikki turda yo'qqa chiqishi mumkin. Endi bosim ostida qolganmiz va bundan chiqib ketishimiz kerak.

Reshford gol urgan vaziyatda tezligi 100 km/soatga yetgandi (kuladi)!. Trent undan qolishmaslikka urindi, biroq himoyachida bunday vaziyatlarda ustunlik juda kam bo'ladi. Hujumchida esa qaror qabul qilish uchun variantlar talaygina edi. Tan olishim lozim, Reshfordning goli chiroyli chiqdi".
Teglar : Yurgen Klopp | Intervyular |
Manba : Liverpul rasmiy sayti
Qo`shdi: Liverpool_my_life
Ko`rildi: 1233 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 61
» Foydalanuvchilar: 3
» Mexmonlar: 58

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog