Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

"MYu" muhlisiga tupirgan Karrager ishdan chetlatildi

20 mar 2018, 22:11
"Liverpul"ning sobiq futbolchisi, ayni vaqtda Sky Sports telekanalida ekspert sifatida ishlab kelgan Jeymi Karrager "MYu" fanati va uning 14 yoshli qizi bilan sodir bo'lgan hodisa tufayli ishdan bo'shatildi. Bu haqda Sky Sports xabar tarqatdi.

10-mart kuni o'tkazilgan "MYu" - "Liverpul"(2:1) o'yinidan keyin mankunianlar jamoasi muhlisi avtomashinasida Karragerning oldiga kelib unga baqira boshlagan: "Jeymi 2:1". Bunga javoban Karrager oynani ochgan va yonidagi mashinaga qarata tufurgan. Fanatning aytishiga qaraganda, Karragerning tupug'i uning 14 yoshli qizi yuziga tekkan.

Karrager keyinroq muhlis va uning qizidan uzr so'ragan, ammo Sky Sports "Liverpul"ning sobiq futbolchisini kechirmadi.
Teglar : Karrager | Sky Sports |
Manba : tribuna
Qo`shdi: Alone
Ko`rildi: 899 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 30
» Foydalanuvchilar: 6
» Mexmonlar: 24

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog