Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Harri Uilson va Marko Gruyich gol urdi

18 mar 2018, 09:34
Qishki transferlar oynasida "Hall Siti"ga ijaraga berilgan Harri Uilson Chempionshipda o'zini ko'rsatishni davom ettirmoqda. Bu hafta u jamoasi bilan ajoyib kombekni amalga oshirdi va u hal qiluvchi rolini bajardi.

O'tgan hafta "Hall Siti" "Norvich"ni qabul qildi. Dastlab mezbonlar hisobni ochdi va golda Uilson assistentik qildi. Undan keyin "qizillar" qiziqish bildirgan "Norvich" futbolchisi Jeyms Maddison het-trikga erishib, mehmonlar g'alabasini naqd qilganday bo'ldi. Ammo, o'yinning qolgan vaqtida "Hall Siti" 3 ta gol urib, g'alabani ilib ketdi. G'alaba to'pini esa aynan Harri kiritdi.

Bunday ajoyib o'yindan keyin Harri Chempionship haftaligining eng yaxshi futbolchisi deb e'lon qilindi. Shuningdek, uchrashuvda Uilson 4 ta hal qiluvchi pas berdi, 3 marotaba raqiblaridan to'pni olib qo'ydi va 5 ta muvoffaqqiyatli driblingni amalga oshirdi.
*


Shuningdek, "Kardiff"da ijara o'tayotgan Marko Gruyich 6-mart kuni bo'lib o'tgan bahsda gol urdi va jamoasi g'alabasiga munosib hissa qo'shdi. 10-mart kuni esa "Kardiff" yana bir g'alabaga erishdi, Gruyich to'liq to'p surdi. E'tiborlisi, u ham hafta jamoasidan o'rin oldi.
Teglar : Harri Uilson | Marko Gruyich |
Manba : Liverpul.uz
Qo`shdi: Chamberlain_21
Ko`rildi: 525 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 62
» Foydalanuvchilar: 2
» Mexmonlar: 60

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog