Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Misrlik “Messi”

20 mar 2018, 21:41
Salah 41 o'yinda 36ta gol urdi. “Liverpul”ning 125 yillik tarixida bor yo'g'i 4ta o'yinchi undan ko'ra tez gol urgan.
Salah “Oltin to'p” uchun kechayotgan kurashda etakchilardan biri hisoblanadi (28ta gol). Bu borada u ko'pchilikdan va hattoki, Messidan (25ta gol) oldinda. Muhammad Salahga qoyil qolmay iloj yo'q. U har safar o'yindan keyin bolalarga futbolka sovg'a qiladi.

“Liverpul” o'tgan yili yozda “Bayer” yarim himoyachisi Yulian Brandtni sotib olmoqchi edi. Biroq keyinroq Salahga qiziqib qoldi. Ammo uzoq vaqtgacha “Roma” bilan narx borasida kelisholmadi. O'zingizga malum italiyaliklar moliyaviy tomondan biroz oqsayotgandilar, inglizlar esa aksincha. “Qizillar” hattoki, “Sporting”dan Jelson Martinshni ham sotib olmoqchi bo'lishgandi. Ammo iyun so'ngida Salah uchun 42 million evro to'lashga qaror qilishgan.

Agar u klubda o'zini ko'rsatib, jamoa muvaffaqiyatlarga erishsa, bu summa yana 50 milliongacha ko'tarilishi mumkin. “O'ylashimcha, uning narxi yanada qimmat bo'lishi mumkin edi. Endi esa uni yozda kimdir sotib olmoqchi bo'lsa, transferlar bo'yicha rekordni yangilashiga to'g'ri keladi”, — deydi “Roma” klubining sport direktori Monchi.

*


“Liverpul” muxlislari Salahning kelishini intiqlik bilan kutishgan edi. Axir Rojers murabbiyligi vaqtidayoq Salah deyarli sotib olingandi, ammo keyin uni “CHelsi” ilib ketib qolgan. “Liverpul” bu safar Italiyadan “Misrlik Messi”ni harid qildi. Ammo dastavval bu xursandchilik bilan qabul qilingmagandi. Salah haqida ko'p salbiy fikrlar bildirishgan edi: yaratiladigan imkonkoniyatlardan unumli foydalana olmaydi, faqat chap oyoq bilan ishlaydi. “Qizillar” unga juda katta pul to'lashgan. Biroq misrlik shunqor oz vaqt ichida bunga loyiq ekanini isbotladi. CHempionat boshlanganida tinimsiz gollar urib, unga bildirilgan ishonchni oqlashga muvaffaq bo'ldi.

Germaniyalik jurnalist Rafael Xeningshteyn yaqinda Maykl Edvards (“Liverpul”ning sport direktori) Kloppni germaniyalik Brandtni emas, Salahni sotib olishga ko'ndira olgani aytgan edi. To'g'ri, Brandtning kuchli iqtidoriga ham, Kloppning aqliga ham shubha yo'q. Lekin Salahning 41 o'yinda 36ta gol urgani — ajoyib ko'rsatkich!

Klubdan o'ta kuchli o'yinchilarni talab qilgandan ko'ra, Klopp buning o'rniga, Salahni APLning eng kuchli futbolchisi qilish niyatida. Salah bugungi natijalarida Yurgenning hissasi katta ekanini takidlab o'tdi: “Men boshqa jamoadagi va boshqa murabbiylar bilan ishlash davridagidan farqli o'laroq, raqib darvozasiga yaqin zonada harakat qilyapman”.
Nazarimizda, Salah maydonning qaysi burchagida xavfliroq ekanini topishdi:

*


Salah “Roma” tarkibida qanotda o'ynagan, klubning markaziy hujumchisi esa Jeko edi. Ko'pchilik Salah markazda o'ynay olishi bilan qiziqib ham ko'rmagan edi. Lekin Klopp mavsum oldidan misrlik uchun yangi poziciya izlayotgani haqida xabar bergandi.
Salah bu mavsumda gol urish imkoniyatlaridan foydalanishda bazan adashishi mumkin, ammo bunday vaziyatlar juda kam. Nima bo'lganda ham u ligadagi eng xavfli o'yinchilardan biri hisoblanadi. Bir eslab ko'radigan bo'lsak, yaqin tarixda faqat Luis Suares “Liverpul”da ana shunday kuchli o'ynagandi.

*


Xavi Grasiya (“Uotford” bosh murabbiyi) Salahni Messi bilan solishtiradi. “Ularning o'yin uslubi bir-biridan biroz farq qilgani bilan, ikkisi ham xavfli hujumchi hisoblanadi. Siz himoyada hamma ishni to'g'ri qilishingiz mumkin, ammo bir lahzada mag'lub bo'lib qolishingiz ham hech gap emas. Bu erda siz qanchalik jismonan baquvvat ekaningiz ham, qanday rejangiz borligi-yu, o'yinga qadar qanchalik yaxshi tayyorgarlik ko'rganingiz ham muhim emas. Ana shunday futbolchilar bir lahzadayoq hamma narsani hal qila oladi”.

Bu ketishda Salah barcha turnirda 50ta gol ursa ham, hech kim hayron bo'lmasa kerak. Salah maydonda to'p bilan nima qilsa ham, hammasi osonlikcha hal bo'ladi. Bir so'z bilan aytganda, uning urgan gollari aqlbovor qilmas darajada ajoyib!

Nozima Zaripova tarjima qildi
Teglar : Muhammad Salah | |
Manba : Championat.asia
Qo`shdi: FoReVeR_LFC
Ko`rildi: 807 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 16
» Foydalanuvchilar: 2
» Mexmonlar: 14

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog