Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

"Qaytish missiyasi"

25 apr 2018, 14:00
Konsert dasturlarida menga boshlovchilarning qaysidir qo’shiqchini sahnaga chaqirishdagi so’zlari yoqadi. Buning sababi bor. Chunki, o’sha payt konsert zalida bir lahzaga boshqacha kayfiyat hukumron bo’ladi.  Ayniqsa, o’sha san’atkor qisqa tanaffusdan so’ng sahnaga qaytishi bo’lsa, umuman o’zgacha muhit paydo bo’ladi. Mana shu holatni futbolda ko’rmoqdaman. Ya’ni, asl san’atkor o’z sahnasiga qaytmoqda!

“Liverpul”  -   buyuk va shonli o’tmishga ega jamoa. Bu haqiqat so’ngi yilarda baland-parvoz so’zlarga aylanib qoldi. Negaki, mersisaydliklar  o’z chempionatida va  yevrokuboklarda o’z nomiga, tarixiga va darajasiga munosib ishtirok etmadi. Natijada futbol ommasi “Liverpul” degan jamoani unutib qo’ydi desak, xato bo’lmaydi. Ular barqaror o’yin namoyish etmaydigan: kuchlilarni yengib, kuchsizlarga esa uyalmay mag’lub bo’ladigan jamoani tanishadi. Menimcha, bu dunyoqarashni o’zgartirish vaqti keldi.

Bu mavsumdagi Chempionlar Ligasi boshqalariga qaraganda qiziqroq o’tmoqda, men uchun. Negaki, avvalgilarda hech bir jamoaga muxlislik qilmaganman. Bu safar esa unday bo’lmayapti. To’g’risi, mavsum avvalida bu qadar ishtirokni o’ylamagandim. Hatto, so’ngi vaqtlarda  bunday yaxshi va shirin tush ham ko’rmaganman. Ammo bu  tush emas. Baland ovozda, baralla shuni ayta olaman:  Yurgen Klopp boshqaruvidagi “Liverpul” hozirda dunyoning eng kuchli  to’rt jamoasinig biridir, shubhasiz va hech qanday e’tirozlarsiz.

 Lekin bu fikrga qarshi chiqiyotganlar ham yo’q emas. Agar meni  fikrimga qarshi chiqishsa bunga  qarshi emasman, biroq ayyon haqiqat inkor etilsachi? Biroz qabul qilish qiyin bo’lgan jarayon. Lekin buni oddiy qarashga o’rganib qoldim. Chunki, mavsum boshidan jurnalistlarning fikrlarida  yoki turli nashrlarda chop etilgan maqolalarda “Liverpul” yetarlicha e’tirof etilgani yo’q.Yurgen Klopp shogirdlari guruh bosqichini muvaffaqiyatli bosib o’tdi. Bunga ayrimlarning xulosasi shunday bo’ldi: ”Shubhasiz, “Liverpul”ning guruhida deyarli unga qarshilik qiladigan jamoa yo’q edi. Shunga qaramay, faqat omad evaziga ingliz klubi  keying bosqichka yo’l oldi. “Liverpul” hali hech narsa qilgani ham, isbotlagani ham yo’q”, degan fikrlarga shaxsan guvohman. Keying bosqichda ya’ni, nimchorak finalda “Portu” bilan to’qnash keldi  - “Liverpul”. Hech ishongim kelmadi, “Liverpul”ning so’ngi bekati “Portu” bo’lishi mumkinligi, Klopp jamoasi bu yerda yaqqol ustun emasligi qayd etildi. Ammo bu safar ham “Liverpul” yurishini davom ettirdi.

 Chorak finalda esa “Manchester siti” raqibga aylandi. Bu to’qnashuv oldidan Gvardiola faktoriga ishonibmi, ko’pchilik “Liverpul”da imkoniyat pastligi, “Manchester siti” turnir g’olibligi uchun asosiy da’vogarlardan biri sifatida bot-bot takrorlandi. Hatto, “Liverpul”ga muxlisi bo’lgan jurnalistlar ham “Shaharliklar”ga katta baho berib yuborishdi.  Raqib haqida esa  hech kim o’ylagani ham yo’q. Yakunda “Manchester siti”ning o’zi ham raqibi haqida yetarlicha o’ylamagani oshkor bo’lib chiqdi. Yurgen Klopp musobaqa fovoritini yo’lidan olb tashladi. Menimcha, endi “Liverpul”ni eng kuchlilardan biri sifatida qarashga asos mavjud.   

- Xo’sh, endi fikrlar o’zgardimi?

- Yo’q.

- Nega?

- “Liverpul” yarim finalga yetib kelishi – uning dunyoning eng kuchli to’rt jamoasida biri ekanligini anglatmaydi. O’tgan yili “Monako” ham shu bosqichga yetib kelgan. Demak, uni ham dunyoning eng kuchlilar qatoriga qo’shish kerakmi? Ho’p, qo’shamiz. Lekin bu noto’g’ri va ahmoqlik.  

Ko’rib, sezib turganizdek, APL chempionligi cho’ntagida turgan jamoa taslim etilgan bo’lsa ham, “Liverpul”ga munosabat o’zgarmayapti. Nazarimda, bu kabi fikrlar butkul yo’qolishi uchun “Liverpul” chempion bo’lishi kerak-ka o’xshaydi. Nasib qilsa, bunga ham erishadi. Yurgen Klopp hozirgi jamoasidan pastoq darajadagi jamoa bilan ham finalga chiqishga muvaffaq bo’lgan. Endi avvalgi jamoasidan kuchliroq bo’lgan jamoa bilan bu turnirda furor ko’tarishga urinib ko’radi. Bu safar unda imkoniyat avvalgisiga qaraganda ko’proq. Umid qilamizki, “Liverpul” uchun omadli mavsum bo’ladi.

(Eng asosiysi, bu yerda chempionlik emas. Asosiysi shuki, “Liverpul” yana o’z darajasiga qaytmoqda, undan  avvalgidek qo’rqadiganlar ham to’pilmoqda. Bu asosiy qadam. Chempionlik esa bundan keyingi etab. Biz ushbu bosqichga yetib keldik)

*

Teglar : Maqola | |
Manba : Liverpul.uz
Qo`shdi: makhmudov
Ko`rildi: 855 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 87
» Foydalanuvchilar: 10
» Mexmonlar: 77

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog