Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

APL Keynning golini bittaga ko‘paytirib berdi. Bunga Saloh nima dedi?

25 apr 2018, 20:53
"Tottenhem" klubi "Stok Siti" bilan uchrashuvda Kristian Eriksenning golini Harri Keynning nomiga yozilishini so‘rab APLga murojaaat qildi.

Uchrashuvning 62-daqiqasida Eriksen jarima zarbasini tepganidan so‘ng to‘p darvozadan joy oldi. Keyn bu holatda ishtirok etdi va boshi bilan to‘pga tekkan, ammo videotakror to‘p uning boshiga aniq tekkanini ko‘rsata olmadi.

APLning gollar bo‘yicha komissiyasi golni Eriksenning nomiga qayd etdi. Ammo "Tottenhem" bu golning Keynning hisobiga yozish kerak deb hisobladi va apellyasiya berdi. APL "Tottenhem"ning apellyasiyasini qondirdi.

Keyn Angliya chempionatining eng yaxshi to‘purari nomiga "Liverpul" yarim himoyachisi Muhammad Saloh bilan kurash olib bormoqda. Endi Keynda 25 ta gol bo‘ldi va Salohdan 4 ta gol ortda bormoqda.

Muhammad Saloh APLning bu qaroriga tvitterda shunday reaksiya bildirdi: "Voooou, rostanmi?"
Teglar : Muhammad Salah | Harri Keyn |
Manba : m.stadion.uz
Qo`shdi: FoReVeR_LFC
Ko`rildi: 490 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 79
» Foydalanuvchilar: 9
» Mexmonlar: 70

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog