Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Yurgen Klopp qur'a, "Bornmut"ga qarshi o'yin va jarohatlanganlar haqida

13 apr 2018, 20:50
Chempionlar ligasi yarim finali qur'asidan so'ng "Liverpul" bosh murabbiyi jamoaning Chempionlar Ligasidagi yurishi hamda ertaga Premier-liga doirasida bo'ladigan "Bornmut"ga qarshi o'yin haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi

Chempionlar Ligasi qur'asi haqida

"Bu shunchaki qur'a va buni ajoyib bo'lishini bilardim. Eng asosiysi narsa esa - biz hali ham musobaqadamiz. Qanday raqib bilan ro'baro bo'lishimizdan qat'iy nazar, doim aytganman, futbolda imkoniyat bo'ladi. Demak, "Roma"ga qarshi ham imkoniyat bor.

Lekin, kimdir buni eng oson qur'a deb hisoblasa, bu odamlarga yordam bera olmayman, ular aniq "Roma"ning "Barselona"ga qarshi o'yinini ko'rishmagan. Ikkinchi bahsda ular amalga oshirgan ish - juda ajoyib. Ular 4:0 yoki 5:0ga ham yutishi mumkin edi. Juda ham hayratlandim.

Men hali Rimga bormaganman, hatto turist sifatida ham, demak bu men uchun yangi tajriba bo'ladi. "Bavariya"ga qarshi ko'p bora o'ynaganman, "Real" qarshi ham.

"Nazarimda, bu ajoyib bo'ladi, chunki Rimda o'ynamaganman. Rim shubhasiz ajoyib shahar, ammo biz u yerga sayr uchun bormaymiz".

Quyida "Liverpul" jamoasi Melvudda ushbu qur'a jarayonini qanday tomosha qilganini ko'rishingiz mumkin.
*

Shuningdek, Klopp ertangi "Bornmut"ga qarshi bo'ladigan bahs haqida ham gapirdi

"Chempionlar Ligasi bahslarigacha ancha o'yinlarda qatnashamiz. Fikrimizni bir joyga jamlab harakat qilishimiz lozim. Ertaga - "Bornmut". Odamlar allaqachon Chempionlar Ligasi o'yinlari haqida o'ylashni boshlagandur, ammo qilinishi kerak bo'lgan ishlar bor.

"Bornmut" - juda yaxshi holatda va Eddi Hauga hurmatim juda baland. Ular bajarayotgan ishlar qoyilmaqom. Ularni hurmat qilaman".

Klopp jarohatdagi futbolchilar haqida ham ma'lumot berdi

Raggi (Klavan) muskulida ozgina og'riq sezdi, u 100% tayyor bo'ladi deyolmayman. Klayn aniq o'ynamaydi, u "Siti"ga qarshi o'yinning ertasidagi mashg'ulotda jarohat oldi.

Firminoning esa bo'yni bilan muommosi bor edi, ammo o'ylashimcha u tayyor bo'ladi".
Teglar : Yurgen Klopp | Intervyular |
Manba : "Liverpul" rasmiy sayti
Qo`shdi: AlexOxChamberlain
Ko`rildi: 1126 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 60
» Foydalanuvchilar: 6
» Mexmonlar: 54

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog