Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Muhammad Salah kim o'zi ?

21 apr 2018, 22:25
"Dunyoning yetti mo'jizasi" degan gapni eshitgan bo'lsangiz kerak. Shulardan biri Misrdagi qadimiy Giza ehromlari edi. Shiddat bilan o'zgarib borayotgan bugungi alg'ov-dalg'ov zamona endi Misrdagi mo'jiza yana bittaga ko'paydi. Biri tarixiy Giza bo'lsa, ikkinchisi afsonaviy futbolchi Muhammad Saloh bo'ldi.

"Liverpul" degan komanda o'ynagan paytda Qohiradagi qaysi kafega kirmang – ikki soat davomida xalq birlashadi va atrofdagi barcha dahshatlarni unutadi.

Muhammad Saloh Hamid G'oliy. 1992 yil 15 iyun kuni Iskandariya yaqinidagi Narig degan qishloqda tug'ilgan.
*


Uydagi eski oq-qora televizorda kamdan-kam holatlarda olib berilgan o'yinlarda Ronaldo, Totti, Zidan kabi futbol yulduzlarining o'yinidan ko'z uza olmay yurgan Saloh o'zining sevimli mashg'uloti bilan 7 yoshga to'lgandagina shug'ullana boshladi. Qishloqda futbol to'pi bo'lmaganligi uchun do'stlari bilan ko'pchilikka tanish usul — paypoqdan to'p yasab, futbol o'ynar edi.

Hozir esa Saloh futbol osmonining eng yorqin yulduzlaridan biriga aylanib ulgurdi, "Liverpul"ning ishongan tog'laridan biriga aylandi, inglizchani o'rgandi. Hozir u haftasiga 100 ming funt sterling maosh oladi. Endi qashshoqlikda o'tgan bolaligi, Qohiraga borish uchun soatlab yo'l yurishlari faqat xotiralarda qoldi.

Muhammad Salohning aytishicha, uning ingliz tilidagi eng sevimli so'zi "Love" (Sevgi) ekan. To'g'ri, hozir u millionlab futbol muxlislarining chinakam muhabbatini qozona oldi.

2017 yil noyabrda Saloh Misr terma jamoasi safida Kongoga qarshi o'yinda ikkita gol urib, (o'yinda hisob 2:1 bo'lgan) Misrning Rossiyada bo'lib o'tadigan JChga borishini ta'minladi. Buni qarangki, shu kechasi uning uyiga o'g'ri tushib, ship-shiydam qilib ketdi. Salohning otasi esa sudga ariza berdi. Oradan bir necha kun o'tib, jinoyatchi topildi va hibsga olindi. Ammo Salohning unga munosabati hamma uchun kutilmagan hol bo'ldi. U o'g'riga nisbatan qo'yilgan da'vodan voz kechdi, o'g'ri bilan o'zi uchrashdi, unga pul berib, yana ish topishiga ham yordam berdi. O'sha o'g'ri bu ishonchni oqlay olmagan taqdirda ham, Saloh unga eng katta narsani – imkoniyatni taqdim etdi.
Terma jamoaning JChga chiqqanidan qattiq quvongan misrlik ishbilarmon Mamduh Abbos degan odam Salohga hashamatli villa sovg'a qilishni xohlab qoldi. U Salohga istalgan kuni borib, o'sha uyni bir aylanib chiqasan, yoqsa bo'ldi, uy senga sovg'a dedi. Biroq Muhammad Saloh bu taklifni rad qildi.
U Abbosga «Agar meni xursand qilmoqchi bo'lsangiz, Narig qishlog'imni rivojlantirish uchun pul ajrating», dedi. Saloh jonajon qishlog'i uchun ko'p qayg'uradi, uning rivojlanishi uchun o'zi ham ko'p xayr-ehson qilib turadi. Lekin faqat pul bilan chegaralanib qolmay, balki maktab, yopiq futbol maydoni qurib, sport zali uchun uskunalar ham sotib oldi. Qishloq oqsoqoli undan cheksiz minnatdor.
"Saloh qishlog'imizni jahon xaritasida qayd etibgina qolmay, balki uning rivoji uchun pul ham beryapti. U Baziun kasalxonasiga ventilyatsiyali xona, dori-darmonlar va tez tibbiy yordam mashinasi uchun ehson qildi», deydi qishloq rahbari Mohir Shetiya. Shuningdek, Saloh oila qurayotgan yosh kelin-kuyovlarga ham yordam ko'rsatib kelyapti. Saloh Narigga tez-tez kelib turadi".

"U har Ramazonda uchib kelib, bolalarga sovg'alar ulashadi. Kelishi bilan hech kimning ko'nglini qoldirmay, hammaga dastxat beradi, suratga tushadi. U bolalikda ham shunday edi, hozir ham hech o'zgarmagan
, deydi uning bolalikdagi do'sti Basyuniy.

Oil Field Index Podcasts ko'rsatuvi boshlovchisi Hotam Kadus shunday deydi: "Salohga hech bir siyosatchi qila olmagan ish – Yaqin Sharqni birlashtirish nasib etdi. Marokashliklar, tunisliklar, saudiyaliklar, quvaytliklar, ummonlik va amirliklarning barchasi uning ismi tushirilgan futbolkani izlaydi. U 90 millionlik Misr xalqiga umid bermoqda. Bizda jiddiy iqtisodiy muammolar bor, deyarli har hafta terroristik hujumlar bo'lib turibdi. Saloh esa insonlarni qo'llab-quvvatlamoqda, ularga umid baxsh etmoqda".

Muhammad Saloh 2013 yilda uylanadi. Keyingi yili uning oilasida chaqaloq yig'isi yangray boshladi.
*

Baxtiyor ota Makkai Mukarramaning sharafiga qizalog'iga Makka deb ism qo'ydi. Qahramonimizning bugungi kundagi ulkan yutuqlaridan tashqari, yana bir qator muvaffaqiyatlarini ham e'tirof etib o'tishni lozim topdik:

Muhammad Saloh 2013 yili «Bazel» klubi safida Shveytsariya chempioni,

2015 yilda «Chelsi» safida «Premer liga» va «Angliya liga kubogi» sohibi bo'lgan,

2017 yilda esa Misr terma jamoa safida «Afrika millatlari kubogi»da g'alaba qozonib, oltin medallar bilan taqdirlangan.

Shaxsiy yutuqlari:

2012 yilda «Afrikada yil iqtidori»;

2013 yilda «Shveytsariya superligasi»ning eng yaxshi futbolchisi;

2017 yilda BBC talqini bo'yicha afrikalik eng yaxshi o'yinchi;

2017 yilda «Arab millatiga mansub eng yaxshi o'yinchi»;

2017 yilda «Afrikaning eng yaxshi futbolchisi».

Odatda boylik va shuhrat ko'pchilikni g'ururga ketkazadi. Ammo dunyoda bu haqda hech narsa bilmaydigan kamida bitta odam bor... U – musulmon xalqlarining iftixori bo'lmish Muhammad Salohdir!
Bu mavsumda «Liverpul» klubi qandaydir sovrin yutsa, Saloh «Oltin butsa» sohibi bo'lsa, Misr termasi JChda sensatsiya qayd etsa va yil oxirida «Oltin to'p»ni yana Ronaldo yoki Messi ilib ketsa, men futboldan rozi emasman. Muhammad Salohga «Oltin to'p»ni olgan birinchi arab futbolchisi bo'lishni tilab qolamiz.

Maqola Info Islom Uz saytidan olindi.
Teglar : Maqola | |
Manba : Info Islom Uz
Qo`shdi: FoReVeR_LFC
Ko`rildi: 1091 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 41
» Foydalanuvchilar: 2
» Mexmonlar: 39

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog