Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

"Real" muxlisidan yarim finallar haqida

19 apr 2018, 09:43
Yevropa chempionlar ligasi yarim finalchilari ham ma'lum bo'ldi. Biz aynan ushbu bosqichga yetib kelgan jamoalarning muxlislarini fikriga yuzlandik. Xo'sh, ular qanday fikrda?

Dastlab, teleboshlovchi, futbolda "Real Madrid" muxlisi, hayotda yaxshi inson Shohjahon Karimov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Mana Chempionlar ligasining ushbu mavsumdagi yarim finalchilari ham aniqlandi. Umuman olganda,  avvalgilariga nisbatan ancha qiziqarli juftliklar desam, menimcha, to’g’ri bo’ladi. Chunki, “Roma” va “Liverpul”ni yarim final bosqichiga yetib kelishi. “Liverpul”dan  umuman boshqa narsa kutgandik. Ammo “Liverpul” o’zini mavsum so’ngida o’zgacha, fantastik jihatlarini namoyish qilmoqda. “Roma” bo’lsa, jahonning eng kuchli jamoalaridan birini dog’da qoldirib, yarim finalga yo’l oldi. Aynan mana shu juftliklar bahsi “Bavariya” – “Real” bahsiga qaraganda nazarimda qiziqroq bo’ladi. Chunki, bu jamoalar aynan mana shu doiradagi bahslarda ko'p to'qnash kelishmagan. Adashmasam, 5 marta to'qnash kelishgan. Statistika kichik hisobda "Liverpul" foydasiga hal bo'lgan: 2 g'alaba "Liverpul"da umumiy o'yinlarda, "Roma" esa bir g'alabani tantana qilgan, yana ikkita o'yinlarda durang qayd etilgan. Demak, to'plar nisbatiyam, o'zaro o'yinlardagi ochkolar ham katta emas. Qiziqarli bo'ladi. Bir - biriga munosib raqiblar nazarimda. To'g'ri, hozirgi "Liverpul"ni Salahi bor. Lekin bugungi "Roma" ham kuchsiz emas".

Intervyuni to'liq holatda telegramdagi @LiverpulUz kanalimiz orqali tinglashingiz mumkin.

*

Teglar : YECHL | Intervyu |
Manba : Liverpul.uz
Qo`shdi: makhmudov
Ko`rildi: 677 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 88
» Foydalanuvchilar: 4
» Mexmonlar: 84

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog