Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Firmino Robinoning rekordini yangiladi va APLda eng ko‘p gol urgan braziliyalik futbolchiga aylandi

23 apr 2018, 12:57
Kecha Angliya premer-ligasining 34-turida “Liverpul” o‘z maydonida “Bornmut”ni qabul qildi va 3:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Shu kuni mersisaydliklarning braziliyalik yarim himoyachisi Roberto Firmino uchrashuvdagi gollarning biriga mualliflik qildi va joriy mavsum APLdagi gollari sonini 15taga etkazib oldi. E’tiborlisi, shu tariqa Firmino braziliyalik futbolchilar orasida Angliya premer-ligasida eng ko‘p gol urgan futbolchiga aylanib oldi.

U bu bora “Manchester Siti”da to‘p surgan hamyurti Robinoni ortda qoldirdi. Robino 2008/09 yilgi mavsumda o‘z hisobiga 14ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan va ushbu ko‘rsatgich borasida shu kunga qadar etakchilik qilib kelayotgan edi.
Teglar : Roberto Firmino | Robino |
Manba : Sports
Qo`shdi: MC DONI
Ko`rildi: 336 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 28
» Foydalanuvchilar: 6
» Mexmonlar: 22

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog