Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Bugun daxshatli fojia bo‘lganiga 29 yil bo‘ldi

21 apr 2018, 13:10
Bundan 29 yil ilgari Sheffilddagi "Hillsboro" stadionida juda ayanchli hodisa yuz bergan edi.

1989-yilda "Nottingem Forrest" va "Liverpul" jamoalari o‘zaro Angliya kubogi yarim finalida kuch sinashishlari lozim bo‘lgan. Bu jamoalar o‘rtasida xuddi shunday o‘yin 1988-yil ham aynan shu maydonda o‘tkazilgandi. Ana shu bahsda ham muxlislar ko‘p tashrif buyurgan va o‘yinda kichik tartibsizlikar sodir bo‘lgan. Ammo hech kimga hech qanday shikast yetmagan. 1989-yilgi fojia bo‘lishidan avval klublar Angliya Futbol Assotsiatsiyaga bahsni kattaroq sig‘imga ega bo‘lgan stadionda o‘tkazish kerakligini so‘rab murojaat qilgan. Biroq FA buni lozim deb bilmagandi.

"Nottingem" va "Liverpul" uchrashuvi mahalliy vaqt bilan 15:00da boshlanishi kerak bo‘lgan. Ish vaqtiga to‘g‘ri kelishiga qaramay ko‘plab ishqibozlar o‘z jamoasini qo‘llab quvvatlash uchun stadionga yetib keladi. Stadion hodimlari va politsiyachilar bo‘lajak fojiani oldini olishlari mumkin edi, agarda ular maydonga faqatgina chiptasi borlarni kiritganlarida. Lekin politsiyachilar boshlig‘i bo‘lgan Devid Dakenfild stadion atrofida yig‘ilib turgan ishqibozlardan chiptangiz bormi, uni ko‘rsating deb so‘raydi. Muxlislarning aksariyatida chipta borligini ko‘rgan ofitser ularni tekshirmasdan maydonga qo‘yib yuborishga izn beradi.

Uchrashuvga bo‘lgan e’tibor juda katta bo‘lganligi sabab, maydonga keragidanda ortiqcha muxlislar tashrif buyuradi va natijada katta tartibsizlik yuzaga keladi. Stadion oldi panjaralar bilan o‘ralganligi uchun tiqilinchdan oldingi qatorda o‘tirganlar qutulib qola olmasdilar. Bellashuvning 6-daqiqasidayoq bahs to‘xtatiladi. 82 odam maydonning o‘zida jon taslim qiladi, yana 14 inson shifoxonada vafot etadi. Ushbu tartibsizik sabab jami 96 inson hayotdan ko‘z yumadi va 766 muxlis turli jarohatga uchraydi.

*


*


*


Eng achinarlisi, vafot etganlar orasida klub bo‘lajak afsonasi Stiven Jerrardning qarindoshi Jon-Pol Jilhuli ham bor edi. U joni uzilganlar orasida eng yoshi bo‘lgan (10 yosh).

Mana shu fojia bugungi kunga qadar futbol tarixidagi eng daxshatli fojialardan biri deb xotirlanib kelinadi. "Liverpul" klubi vafot etgan 96 ishqiboz hurmatini har yili o‘z o‘rniga qo‘yadi. Bu kecha "Bornmut"ga qarshi o‘yinda ham aks etdi.

*


*

Teglar : Hillsboro | Kun tarixi |
Manba : Liverpul.uz
Qo`shdi: I Liverpool
Ko`rildi: 728 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 41
» Foydalanuvchilar: 4
» Mexmonlar: 37

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog