Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

"Liverpul" yozda Italiya va Germaniya klubi bilan ham o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

17 apr 2018, 18:25
Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, "Liverpul"ning yozda o‘tkazadigan o‘rtoqlik o‘yinlari sekin-asta oydinlashib bormoqda.

Twitterdagi manba xabariga ko‘ra, "mersisaydliklar" iyul va avgust oylarida ikki Manchester klublaridan tashqari "Borussiya Dortmund" hamda "Napoli" jamoalari bilan ham nazorat o‘yinlarini tashkil etadi. "Napoli" bilan o‘yinni neapolliklar prezidenti Aurelio de Laurentis ham tasdiqladi.

Demak, hozirda mavsum oldi o‘yinlar taqvimi quyidagicha:

22-iyul: "Liverpul" - "Borussiya Dortmund" (Sharlott, AQSh)

25-iyul: "Liverpul" - "Manchester Siti" (Nyu Jersi, AQSh)

28-iyul: "Liverpul" - "Manchester Yunayted" (Detroyt, AQSh)

4-avgust: "Liverpul" - "Napoli" (Dublin, Irlandiya)
Teglar : Xalqaro Chempionlar Kubogi | |
Manba : Twitter
Qo`shdi: I Liverpool
Ko`rildi: 509 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 42
» Foydalanuvchilar: 3
» Mexmonlar: 39

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog