Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Furqat Yusupov: "Finalga kuchli jamoalarni chiqishini xohlayman"

25 apr 2018, 11:49
Yevropa Chempionlar Ligasi yarim finalchilari ham ma'lum bo'ldi. Ushbu bosqichga yetib kelgan jamoalarni imkoniyatlari haqida to'xtalishda davom etamiz.


Jurnalist va blogger Furqat Yusupov ham o'z fikrlarini bayon etdi.

"To'g'risini aytaman, biroz bu jamoalarni yarim finalda kutmagandim. Ayniqsa, "Roma" jamoasini. "Barselona" qiyinchiliksiz "Roma" to'sig'idan o'tishiga ishongandim. "Manchester siti" - "Liverpul" juftligida ham "Manchester siti" biroz ustunlik qilib g'alaba qozonsa kerak deb o'ylagandim. Lekin "Liverpul" raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. "Real" va "Bavariya" esa kutilgandek yarim finalga yo'l oldi.

"Liverpul" - "Roma" juftligida fovorit "Liverpul" va finalga chiqsa kerak. Chunki, "Roma" finalga chiqqani bilan qaysidir jamoaga tayyor o'lja bo'lishi mumkin. "Barselona" va boshqa jamoalarni yirik hisobda yutgan bo'lishi mumkin. Lekin, chempionlar ligasining finali - bu baribir final. Unda kuchlilar o'ynashi kerak. Shuning uchun, finalga "Liverpul" chiqsa kerak".

Telegramdagi LiverpulUz kanalimiz orqali intervyuni to'liq holatda tinglashingiz mumkin.

*

Teglar : YECHL | Intervyu |
Manba : Liverpul.uz
Qo`shdi: makhmudov
Ko`rildi: 613 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 156
» Foydalanuvchilar: 35
» Mexmonlar: 121

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog