Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

De Bruyne: Saloh mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga haqli

13 apr 2018, 22:52
"Manchester Siti" klubi yarim himoyachisi Kevin de Bruynening fikricha “Liverpul” forvardi Muhammad Saloh premer-liganing joriy mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga loyiq.

“O‘z jamoadoshlariga ovoz berish mumkin emas. Shunday ekan men uchun Muhammad Saloh ushbu nomga haqli. Katta ehtimol bilan shunday ham bo‘ladi. U ajoyib mavsumni o‘tkazmoqda. Bu qadar ko‘p gol uradigan futbolchi bilan raqobatlashish juda qiyin”, -deydi belgiyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, APLda mavsum futbolchisiga quyidagi futbolchilar da’vogarlik qilishmoqda: Kevin De Bryoyne ("Manchester Siti"), David de Xea ("Manchester Yunayted"), Xarri Keyn ("Tottenxem "), Muhammad Saloh ("Liverpul"), Leroy Sane ("Manchester Siti") va David Silva ("Manchester Siti").
Teglar : Kevin De Bryune | Muhammad Saloh |
Manba : Sports
Qo`shdi: MC_DONI
Ko`rildi: 569 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 76
» Foydalanuvchilar: 8
» Mexmonlar: 68

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog