Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Muhammad Salah rekordlar ostonasida

18 apr 2018, 17:44
"Liverpul" futbolchisi Muhammad Salah rekordlarni yangilashda davom etadi.

Salah bu mavsum APLda 30 ta gol urishga erishdi, bu natija bilan u bir mavsumda 30 tadan ziyod gol urgan 8 ta futbolchi qatoriga qoʻshildi.

Shuningdek, misrlik futbolchi shu paytgacha afrikalik futbolchilar orasida Drogbaga (29) tegishli boʻlgan rekordni ham yangiladi. Endi APLda bir mavsumda eng koʻp gol urgan afrikalik futbolchi aynan Salah hisoblanadi.

Endi mazkur futbolchiga Premier-liga tarixidagi eng yaxshi toʻpurar boʻlishi uchun 2 ta gol yetishmayapti. Oldingi rekordlar Krishtianu Ronaldu va Luis Suaresga tegishli - 31 ta gol.

Salah bu mavsum 22 ta uchrashuvda gol urishga muvaffaq boʻldi, bu bilan u Ronaldu bilan tenglashib oldi. Navbatdagi oʻyinda urilgan gol esa Salahni mutloq rekordchiga aylantiradi.

"Liverpul" tarixidagi shu paytgacha bir mavsumda eng koʻp toʻp kiritgan futbolchi esa Ian Rash hisoblanadi. U bir mavsumda 47 ta gol urishga erishgan (1983-84).
Salahda bu rekordni ham yangilash uchun imkoniyat bor, buning uchun Salah APLning qolgan 4 ta va Chempionlar Ligasining yarim finalidagi "Roma"ga qarshi 2 ta uchrashuv mavjud. Bundan tashqari "Liverpul" finalga chiqadigan boʻlsa yana bir uchrashuv qo‘shiladi.

Shu oʻrinda bu mavsum Muhammad Salah barcha turnirlarda 40 ta gol urdi va 11 ta golga hammualliflik qildi.
Teglar : Muhammad Salah | |
Manba : Liverpul.uz
Qo`shdi: Doktor_Haus
Ko`rildi: 888 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 58
» Foydalanuvchilar: 3
» Mexmonlar: 55

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog