Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Farg'onalik futbol muxlisi o'z farzandiga Muhammadsallah deb ism qo'ydi

16 apr 2018, 22:49
18 aprel kuni Farg'ona shahrining Yormozor tumanida yashovchi Madrahimovlar oilasida chaqaloq dunyoga keldi.

Etiborlisi unga Muhammadsallah deb ism qo'yildi.

- Muhammad Salahning hozirgi kundagi o'yinidan barchamiz rohatlanmoqdamiz. Farzandim tug'ilishidan 3-4 kun avval do'stlarim bilan suhbatlashib turgan edik. Ko'proq biz futbol mavzusida gaplashamiz. Yaqin kunlarda farzandli bo'lishimdan habarlari bor edi. SHunda Jamshid ismli do'stimiz taklif qildi ismini Muhammadsallah qo'ygin deb. Bu fikr barchamizga maqul keldi. Rosti u kunlarda ism tanlash borasida umumman o'ylamayotgan edim. Aynan do'stim bunga sababchi bo'ldi", - deydi chaqaloqning otasi Madrahimov Umidjon championat.asia saytiga.

O'zim futbolchi bo'lishni istaganman. Ammo taqdir taqozosi bilan futbolchi bo'lish nasib qilmagan. Avvalo bu taqdir, o'g'lim kim bo'lishini o'zi hal qiladi, agar futbolchi bo'lmoqchi bo'lsa barcha sharoitlarini yaratib beraman.

*


- Futbolchi Salahning sizga yoqadigan jihatlari haqida...

- Avvalo u musulmon. U boshqa bir insonlarni yaxshilik sari etaklaydi. Kamtar va do'stlariga mehribon. Asosiysi u mahoratli futbolchi.

Muhammadsallahning akasi bor. Qizig'i 4 yoshli Muhammadumarning birinchi aytgan so'zi gol bo'lgan ekan.

Behruz Xoliqov suhbatlashdi

*

Teglar : Muhammad Salah | |
Manba : Championat.asia
Qo`shdi: FoReVeR_LFC
Ko`rildi: 844 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 45
» Foydalanuvchilar: 1
» Mexmonlar: 44

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog