Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Canal+ muxbiri: "Fekir Klopp bilan uchrashdi, u "Liverpul"ga o‘tadi"

22 may 2018, 18:21
Fransiyaning taniqli nashri bo‘lgan Canal+ muxbiri Romen Kollet-Gaudinning Tvitterda bergan ma’lumotiga ko‘ra, "Lyon" futbolchisi Nabil Fekirning yozgi transfer oynasida Angliyaga ko‘chib o‘tishi tobora oydinlashib bormoqda.

Uning ma’lumotiga ko‘ra, Fransiya terma jamoasi a’zosi Yurgen Klopp bilan uchrashishga ulgurgan. Bu uchrashuv esa ijobiy ko‘rinish bilan yakun topgan. Endilikda biror bir kutilmagan muammo yuzaga kelmasa, "Liverpul" futbolchi uchun 70 million yevro (61,6 mln. funt) miqdorida pul to‘laydi va muzokarani to‘liq yakunlaydi.

Fekirga shuningdek, "Chelsi" tomonidan ham qiziqish bo‘lgan, biroq "aristokratlar"ning urinishi besamara ketgan.

Ma’lumot tariqasida aytib o‘tish joizki, 24 yoshli hujumkor yarim himoyachi joriy mavsumda barcha musobaqalarda 38 marta maydonga tushgan va bu o‘yinlarda u 22 marta gol urib, 8 marta assistentlik qilgan. Yakunlanayotgan mavsum hisobidan u 10 marta ogohlantirilgan.
Teglar : Nabil Fekir | Yurgen Klopp |
Manba : Twitter
Qo`shdi: I Liverpool
Ko`rildi: 1794 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 44
» Foydalanuvchilar: 3
» Mexmonlar: 41

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog