Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Nabil Fekir kim o'zi?

22 may 2018, 23:20
So'nggi kunlarda bir qator OAV nashrlari Fransiyaning "Olimpik Lion" klubi yarimximoyachisi Nabil Fekirning "Liverpul" bilan kelishib olgani va yozgi transfer oynasi ochilishi bilan jamoa safiga kelib qo'shilishi xaqida bong urishmoqda. Shu bilan birgalikda bir qator taniqli insonlar ham uni Klopp bilan uchrashgani va muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlangani xaqida o'zlarining ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida ma'lum qilishgan. Demak bu uzunquloq gaplarda bir gap bor. Aytishadiku "Bir balosi bo'lmasa, shudgorda quyruq na qilur?".

Shu sababli bugun biz ko'pchilik muxlislarning talab va istaklariga ko'ra "Olimpik Lion" klubi yetakchisi katta extimol bilan yozda "Qizillar" safida ko'rinish beradigan Nabil Fekir xaqida so'z yuritamiz.

[rasm]https://encrypted-tbn0.gstatic.com/images?q=tbn:ANd9GcQz-kT_H4druyLA5wT5A0u0T99fucaD-UghBP2kjWQgH4P1vcXCKw[/rasm]

Qisqacha ma'lumotlar
Ism Sharifi: Nabil Fekir
Tug'ilgan sanasi va joyi: 1993-yilning 18-iyul sanasida Fransiyaning Lion shahrida
Fuqaroligi: Fransiya
Bo'y uzunligi: 173 sm
Og'irligi: 72 kg
Joylashuvi: Xujumkor yarimximoyachi
Jamoasi: "Olimpik Lion" (Fransiya)
Raqami: 18

Futbolchilik faoliyati
Yoshlar jamoalari
- 2001/03-yillar, "Vols-an Velyen" (Fransiya)
- 2003/05-yillar, "Kalyuir" (Fransiya)
- 2005/07-yil, "Olimpik Lion" (Fransiya)
- 2007/11-yillar, "Vols-an Velyen" (Fransiya)
- 2010/11-yillar, "Sen-Prist" (Fransiya)
- 2011/13-yillar, "Olimpik Lion" (Fransiya)

Professional jamoalari
- 2013-yildan xozirgi kungacha, "Olimpik Lion" (Fransiya)

Xalqaro faoliyati
- 2014-yil, Fransiya yoshlar jamoasi, 1 ta o'yinda maydonga tushgan.
- 2015-yildan xozirgi kungacha, Fransiya MTJ, 10 ta o'yinda 1 ta gol kiritgan.

* Yuqorida keltirilgan barcha statistikalar 2018-yilning 21-aprel sanasigacha qayd etgan natijalari asosida keltirilgan.
** Terma jamoasidagi natijalari esa 2017-yilning 10-noyabr sanasigacha qayd etgan natijalari asosida keltirilgan.


Nabil Fekir xaqida...

[rasm]https://i.eurosport.com/2016/09/22/1936991-40735305-2560-1440.jpg?w=1050[/rasm]

- Uning "Olimpik Lion" bilan amaldagi shartnomasi 2020-yilning 30-iyuniga qadar mo'ljallagan.
- U chapaqay futbolchi xisoblanadi.
- U jarima zarbalaridan gol kiritish bo'yicha bemalol Leo Messi bilan bellasha oladi.
- U jarima maydoni ichiga to'p uzatish va uzoq masofadan zarba yo'llash bo'yicha ustasi farang xisoblanishidan tashqari, to'pni o'zida saqlab tura olishi va ajoyib driblingi bilan xam nom qozongan.
- U shu bilan birgalikda anchagina qiziqqon futbolchi xisoblanadi, u ko'p bora qo'pollik ishlatadi va u joriy mavsumda 10 marotaba sariq kartochka bilan ogohlantirilgan.
- Uning ukasi Yassin Fekir "Olimpik Lion B" jamoasida to'p suradi.
- u Nike kompaniyasi bilan xamkorlik qiladi.

[rasm]https://media.gettyimages.com/photos/nabil-fekir-of-olympique-lyonnais-in-action-during-the-preseason-picture-id481746246?s=612x612[/rasm]

Professional jamoalaridagi faoliyati haqida..
Fekir "Olimpik Lion" safidagi debyut uchrashuvini 2013-yilning 31-avgustida, Fransiya chempionatining 4-turi doirasida o'tkazilgan "Evian" jamoasiga qarshi mehmonda kechgan o'yinda nishonlagan. Ammo ushbu o'yinda uning jamoasi 2:1 xisobida mag'lub bo'ladi. U "Olimpik Lion" safidagi ilk golini esa 2014-yilning 27-aprel kuni, Fransiya chempionatining 35-turi doirasida bo'lib o'tgan "Bastiya" jamoasiga qarshi uchrashuvda kiritadi. Uning jamoasi ushbu bahsda 4:1 xisobidagi g'alabani tantana qiladi.

Nabil 2014/15-yilgi mavsumda jamoaning asosiy tarkib futbolchisiga aylanadi. U o'sha mavsumda Fransiya chempionati doirasida 34 ta o'yin o'tkazadi va 13 ta gol kiritib, jamoadoshlariga 9 ta gollipas uzatadi.

2015-yilning 29-avgustida Fekir professional faoliyatidagi ilk xet-trikini "Kan" jamoasiga qarshi uchrashuvda qayd etishga erishadi. Bu voqeadan 6 kun o'tgach yani 4-sentabr kuni "Portugaliya" terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvda Fekir o'ta og'ir jaroxat orttirib oladi. 2016-yilning 8-aprelida esa 7 oylik davolanishlardan so'ng u yana maydonga tushadi. U o'sha mavsumda 9 ta o'yin o'tkazib 4 ta gol kiritishga erishadi.

Nabil 2016/17-yilgi mavsumda esa 32 ta uchrashuvda maydonga tushib 9 ta gol kiritishga muvaffaq bo'ladi.

[rasm]https://media.gettyimages.com/photos/lyons-french-midfielder-nabil-fekir-vies-for-the-ball-with-caens-picture-id485731186[/rasm]

Joriy mavsumda esa Fekirning o'yini yanada ochilib bormoqda. U ushbu mavsum "Olimpik Lion" safida xozircha jami 38 ta o'yin o'tkazdi va 22 ta gol kiritib, 8 ta golga xammualliflik qilishga erishdi.

[rasm]https://i.sportarena.com/2016/03/1677351-35545577-2560-1440.jpg[/rasm]

Terma jamoadagi faoliyati haqida..
2014-yilning 14-oktabr sanasida Fransiyaning yoshlar terma jamoasi safida maydonga tushgan. Fekirda 2 ta davlat Fransiya va Jazoir fuqaroligiga ega.

[rasm]https://media.gettyimages.com/photos/france-s-nabil-fekir-during-the-international-friendly-football-match-picture-id524089630[/rasm]

- Yutuqlari
Jamoaviy
"Olimpik Lion"
- 2013/14-yilgi mavsumda, Fransiya liga kubogi finalchisi
- 2014/15- va 2015/16-yilgi mavsumda, Fransiya chempionati kumush medali sohibi

Nabil Fekir professional futbolchilik faoliyati davomida jami 151 ta o'yin o'tkazib, 56 ta gol kiritgan xamda 36 ta golga xammualliflik qilishga erishgan. Uning trasnfermarkt saytidagi transfer narxi 50 million yevro etib belgilab qo'yilgan. Ammo "Olimpik Lion" yarimximoyachisini bu narx evaziga qo'yib yubormasligi aniq.

[rasm]https://cdn.vox-cdn.com/thumbor/8LTvb7l8p3NHfCBxxLOlpMqaxCI=/0x88:3828x2394/1200x800/filters:focal(1581x264:2193x876)/cdn.vox-cdn.com/uploads/chorus_image/image/59652001/863133962.jpg.0.jpg[/rasm]

Nabil Yurgen Klopp boshqaruvidagi "Liverpul"ni shak-shubxasiz anchagina kuchaytira oladi. Ammo uning ham orzusi Ispaniyaning "Barselona" klubida to'p surish bo'lsachi? Xa, aynan shunday Fekir buni o'z intervyularidan birida aytib o'tgan.

"Men xozirda "Lion" futbolchisiman va bundan xursandman. Mening orzuim? Men 4 ta klub xaqida orzu qilaman. Bular "Barselona", "PSJ", "Yuventus" va "Bavariya". Nimalar ro'y berishini ko'ramiz" - deydi Fekir 2016-yilning Aprel oyida Téléfoot telekanaliga bergan intervyusida.

Balkim uning orzulari "Liverpul"ning ushbu mavsumda ko'rsatgan o'yinlaridan so'ng o'zgargandir, buni hozircha xech kim bilmaydi. Shunday ekan u aytganidek nimalar ro'y berishini kuzatishda davom etamiz.

Bugungi maqolamiz orqali Nabil Fekir haqida sizga oz bo'lsada ma'lumotlar yetkazib bera olgan bo'lsak biz bundan juda ham xursandmiz. Nima bo'lgan taqdirda ham Fekirga futbol maydonida omad va zafarlar, shaxsiy hayotida esa oilaviy baxt va quvonch tilab qolamiz! Sizlar bilan esa xayrlashmaymiz faqat ko'rishguncha deb qolamiz!

[rasm]https://images2.minutemediacdn.com/image/upload/c_scale,w_912,h_516/shape/cover/sport/fbl-eurc3-lyon-villarreal-5af1813473f36cf30f000023.jpg[/rasm]

***Maqolani tayyorlashda Wikipedia, WhoScored va Transfermarkt saytlaridagi ma'lumotlardan foydalanildi.

Maqolani Sunnat Raupov tayyorladi.
Teglar : Nabil Fekir | "Olimpik Lion" |
Manba : Liverpul.Uz
Qo`shdi: ROBERTSON_26
Ko`rildi: 1317 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 66
» Foydalanuvchilar: 4
» Mexmonlar: 62

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog