Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Muhammad Salah: "Men bu yerda baxtliman"

16 may 2018, 17:14
"Liverpul"da joriy mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof etilgan Muhammad Salah, marosim chog‘ida bu yerda baxtli ekanligini va oldinda turgan muhim o‘yinlar oldidan qanday kechinmalari borligi haqida o‘rtoqlashdi.

"Men bu yerda baxtliman, juda baxtliman. Hamma narsa qoniqarli. Oldimizda ikkita muhim bahs bor, yakshanba kuni juda muhim o‘yin bo‘lsa, keyin Chempionlar Ligasi finali. Shubhasiz, mening "Liverpul"da o‘z maqsadlarim va kelajagim bor. Ko‘rib turganingizdek, biz ajoyib mavsum o‘tkazyapmiz, Chempionlar Ligasi finaliga qadar yetib keldik va bundan barcha xursand. Bu hali boshlanishi. Bu mening "Liverpul"dagi dastlabki yilim, aksariyat futbolchilar bilan avvaldan to‘p surgandekman. O‘tgan mavsum bu jamoaning barcha o‘yinlarini ko‘ra olmaganman, ammo ushbu jamoaga - aqlbovar qilmaydi.

Chempionlar Ligasi finali yo‘lida "Manchester Siti" va "Roma" kabi kuchli jamoalarni taslim etdik. Biz uchun bu endi boshlanishi. Ikkita o‘yin qoldi, ularda yutishni istaymiz. Bizni ikkita final kutib turibdi, bor e’tiborimiz shunga qaratilgan. Kelasi mavsumda ham Chempionlar Ligasida qatnashishni, keyin finalni yutishni xohlaymiz, biroq hozir barchamiz faqat "Brayton"ga qarshi o‘yin haqida o‘ylayapmiz. Ana shundan so‘ng finalga tayyorgarlik ko‘rish uchun 14 kun vaqtimiz bo‘ladi.

Har bir o‘yin biz uchun finaldek, ularning barida g‘alaba uchun bor kuchimizni beramiz. Bu oson emas, buni yaxshi bilamiz, hozir juda hayojandaman", -
deydi Salah
Teglar : Muhammad Salah | Intervyular |
Manba : Liverpul.uz
Qo`shdi: I Liverpool
Ko`rildi: 1038 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 77
» Foydalanuvchilar: 4
» Mexmonlar: 73

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog