Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

"Liverpul" Nabi Keyta uchun aniq qancha summa to‘lashi ma’lum bo‘ldi

20 may 2018, 20:42
Bugun biroz oldin Bundes Liganing so‘nggi turidan o‘rin olgan "Gerta" va "RB Leypsig" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda "Liverpul"ga o‘tishi aniq bo‘lgan Nabi Keytaning jamoasi "Leypsig" safardan 6:2 hisobidagi g‘alaba bilan qaytdi. Bu natija esa "buqalar" klubining turnir jadvalida 6-o‘rinni qo‘lga kiritishiga zamin yaratdi. Endi ular kelasi mavsumda Yevropa Ligasida ishtirok etadilar.

Bu o‘yinning "Liverpul"ga ahamiyatli bo‘lgan jihati shunda ediki, nemis klubining turnir jadvalidagi o‘rni Nabi Keytaning narxini belgilab berardi.

"Leypsig" Yevropa Ligasiga yo‘l olgani bois, "mersisaydliklar" bu klub hisobiga gvineyalik futbolchi uchun 52,75 million funt sterling o‘tkazib beradigan bo‘ldi. Agar klub Yevropa Ligasidan mahrum bo‘lganida 48 million funt to‘lanar edi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 20 kundan so‘ng Nabi Keytaning transferi rasman e’lon qilinadi.
Teglar : Nabi Keyta | Leypsig | Transferlar
Manba : Liverpul.uz
Qo`shdi: I Liverpool
Ko`rildi: 1241 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 71
» Foydalanuvchilar: 6
» Mexmonlar: 65

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog