Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Muhammad Salahning mavsumi - bu sehrgarlikmi?

22 may 2018, 16:35
Bir yilda 34ta sovrin - bu qanday amalga oshdi?

YeCHL musobaqasida 3 marotaba haftaning eng yaxshi futbolchisi
*


Salah bu yilgi YeCHL musobaqasida raqiblar darvozasini 10 marotaba ishg'ol qildi va eng havfli hujumchilar triosining biri bo'ldi. Buning uchun uni 3 marotaba haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Birinchi marotaba guruh bosqichida ("Maribor"ga qarshi uchrashuvdan so'ng) va ikki marotaba "Manchester Siti"ga qarshi uchrashuvdan so'ng haftaning eng yaxshi futbolchisi bo'lgan.


YeCHL musobaqasida haftaning eng chiroyli goli - 2 marotaba

*


Salah shunchaki hujumchi emas. "Manchester Siti"ga qarshi davstlabki uchrashuvda urgan yagona goli Salahga ECHLning eng chiroyli goli nominaciyasini taqdim etdi. Ikkinchi marotaba o'z uyida "Roma"ga qarshi uchrashuvda urgan goli uchun etirof etildi.

APL musobaqasida oy futbolchisi - 3 marotaba
*


Noyabr, fevral, mart. Futbol tarixida hech kim mavsumda ketma-ket 3 marotaba eng yaxshi futbolchi bo'lmagan.



"Liverpul" eng yaxshi futbolchisi - 7 marotaba

*


Bu shunchaki kulgili emas. Ovoz bermasa ham bo'lardi.


"Liverpul" safida oyning eng chiroyli goli - 6 marotaba

*


Amalda bir xil. Dekabr oyida "Everton"ga qarshi bo'lib o'tgan o'yinda urilgan gol oyning eng yaxshi goli nominaciyasida g'olib bo'lish uchun kifoya qildi. To'p darvozaning uzoq burchagidan joy olgan.


Angliyaning professional futbolchilari Associaciyasining oy futbolchisi nominaciyasida 4 marotaba g'oliblikni qo'lga kiritgan.
*


Muhammad Salahga qadar ushbu sovrinni Ngolo Kante (2016/17), Riyod Mahrez (2015/16), Eden Azar (2014/15) va Luis Suares (2013/14) qo'lga kiritgan.


"Liverpul" muxlislarining talqiniga ko'ra yil futbolchisi
*


Jamoaning yil futbolchisi. Barcha musobaqalarda raqiblar darvozasini 44 marotaba ishg'ol qilgan va 16ta golga assistentlik qilgan. Yana qanday variantlar bo'lishi mumkin?



Afrikaning eng yaxshi futbolchisi
*


U vatani uchun qahramon. Misrni jahon chempionatiga olib chiqdi. 34 yil ichida birinchi marotaba Afrikaning eng yaxshi futbolchisi deya etirof etilgan misrlik futbolchi.


Britaniya jurnalining talqiniga ko'ra APLning eng yaxshi futbolchisi

*


U ommaviy axborot vositalarida chop etilgan eng yaxshi malumotlar va sarlavhalar sababchisi.


BBC talqiniga ko'ra Afrikaning eng yaxshi futbolchisi
*


Yana bir nufuzli qita mukofoti


APLning yil futbolchisi

*


FIFA 18 o'yini asoschilari - EA Sports bilan hamkorlikda tasis etilgan sovrin g'olibi.


Yilning eng yaxshi arab futbolchisi

*


Futbolchilar associaciyasi talqiniga ko'ra mavsum ramziy terma jamoasidan joy oldi.
*


APLning eng yaxshi to'purari
*


32ta gol. Hech kim premer-ligada bunchalik ko'p gol urmagan. U Alin SHirer, Krishtianu Ronaldu va Luis Suaresni (barchasida 31tadan gol) ortda qoldirdi. Muhammad Salah APLda 17ta jamoa darvozasini bir mavsumda ishg'ol qildi. Bir mavsumda bunday natijaga hech kim erishmagan.

Muhammad Salah APLning 17 jamoasiga gol urish uddasidan chiqdi – hech qaysi futbolchi bir mavsumda buncha ko‘p klubga gol ura olmagan.
*


Muhammad Salah YeChL finalida hamda JCh–2018 turnirida ishtirok etishini inobatga olsak, uning shaxsiy sovrinlari yanada ko‘payishi mumkin.

*** Ushbu FotoMaqola to'liqligicha Championat.asia saytidan olindi

"Liverpul.uz" saytiga Akmaljon Ermatov joyladi.
Teglar : Muhammad Salah | |
Manba : Championat.asia
Qo`shdi: FoReVeR_LFC
Ko`rildi: 787 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 137
» Foydalanuvchilar: 8
» Mexmonlar: 129

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog