Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

"Liverpul" himoyalanishni bilmaydimi ?

15 may 2018, 22:44
"Liverpul"ning hujum chizigʻining kuchli ekanligini barcha judayam yaxshi biladi. Salah, Firmino va Mane uchligi mavsum davomida fantastik darajada harakat qilishdi.

Salah 32 ta gol bilan APL toʻpurari boʻldi. Bu rekord natija.

Firmino esa 15 ta golni oʻz hisobiga yozdirgan boʻlsa, Mane 10 ta gol urishga muvaffaq boʻldi. Bu uchchalasi bir boʻlib, istalgan jamoa himoyasiga "bosh ogʻriq" boʻla olishi mumkinligini bilamiz.

Koʻpchilik, fikricha "Liverpul" ning himoya borasida ishlari chatoq ekanligini, jamoa himoyalanishni bilmasligini va darvozabonning juda sust harakat qilishini aytishadi. Hatto ekspertlar ham bu fikrlarga qoʻshilishadi. Lekin, statistika qarasak, holat boshqacha ekanligini koʻrishimiz mumkin.
"Liverpul" oktabr oyida APL ning 9-turida "Totenxem"dan uchralgan magʻlubiyatdan keyingi uchrashuvlarda APLning istalgan jamoasidan kamroq gol oʻtkazib yuborgan.

Soʻnggi 29 uchrashuvda oʻtkazib yuborilgan gollar:
"Liverpul" - 22
"Manchester Siti " - 23
"Manchester Yunayted - 24
"Chelsi"- 28
"Totenxem " - 30

Koʻrib turganingizdek, "Liverpul" APL ning oxirgi 29 tur oʻyinlarida 22 ta gol oʻtkazib yuborgan. Bu oʻrtacha har bir oʻyinga 0,75 ta gol degani.

Koʻpchilik bu borada Virjil Van Deykning jamoaga qoʻshilishi bilan bogʻlashadi. Chunki, Virjilning qanday darajadagi himoyachi ekanligi, bir qancha vaziyatlarda jamoa joniga oro kirayotgani, havodagi kurashlardagi ustunligi bunga isbot boʻla oladi.
*

Lekin, faqat gap unda emas. 29 ta uchrashuvning Virjil 14 tasida maydonga tushgan. Mana shu 14 ta uchrashuvda jamoa bor yoʻgʻi 9 ta gol oʻtkazib yuborgan. Virjil kelgungacha boʻlgan 15 ta uchrashuvda esa 13 ta gol oʻtkazib yuborgan.
Ulardan 2 tasida "Arsenal"( 3:3) va "Manchester Siti" ga qarshi uchrashuvlarda esa 6 ta gol oʻtkazib yuborgan. Agar bu 2 ta uchrashuvni himoyada omadsizlik deb hisobdan chiqarib tursak, qolgan 13 ta uchrashuvda jamoa bor yoʻgʻi 7 ta gol oʻtkazib yuborgani ma'lum boʻladi.
*

Bundan tashqari APL ning soʻnggi 29 turida jamoa 18 ta gʻalaba, 8 ta durang va 3 ta magʻlubiyat bilan umumiy hisobda 62 ochko bilan 2- oʻrinni egallashdi.
"Liverpul"ning YeChL dagi ishtiroki va jamoadagi bir nechta muhim futbolchilarning jaroxat olishi, Yurgen Kloppni APLda rotatsiya qilishga majbur qildi. Bu esa bir qancha muhim uchrashuvlarda ochko yoʻqotilishiga sabab boʻldi. Lekin, keyingi mavsum YeChL da ishtirok etish oʻrnini kafolatlay oladigan 4- oʻrin qoʻlga kiritildi.
Bu statistikalardan shu narsalarni bilan olishimiz mumkinki, "Liverpul" nafaqat hujumda, balki himoyada ham ishonchli oʻyin koʻrsata oladi. Jamoa himoyasini tanqid qilishganda Yurgen Klopp quyidagicha fikr bildirgandi:
"Menga qanday himoalanishni oʻrgatmang, kerak boʻlsa 2 soat ichida qanday himoyalanish mumkinligi haqida kitob yozib berishim mumkin".
*

Ha, Klopp oʻz uslubiga koʻra hujumni yoqtiradi, lekin uning jamoasi himoyalanishni ham eplay oladi.
26- may sanasida Kiyevda YechL finalida "Real Madrid" ga maydonga tushadigan "Liverpul" ga omad tilaymiz va ishonamizki, jamoa kerakli paytda juda yaxshi himoyalana olishini yana bir bor isbotlay oladi.
*

Sardor Ollamberganov tayyorladi.
Teglar : Virgil | Klopp | YeChL
Manba : Liverpul
Qo`shdi: Doktor_Haus
Ko`rildi: 1233 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 86
» Foydalanuvchilar: 4
» Mexmonlar: 82

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog