Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Aleks Oksleyd Chemberlen jarohati sabab olti oy davomida maydonga tusha olmaydi

18 may 2018, 05:14
Aleks Oksleyd- Chemberlen tizza boylamidagi jarohati sabab, olti oy davomida maydonga tusha olmasligi mumkin.
May oyida Angliya terma jamosi futbolchisi jarohatlangan tizzasida jarrohlik amaliyoti o'tkazildi. Ayni paytda "qizillar"ning 21- raqami egasi Melvudda reabilitatsiya jarayoniga kirishgan.
Dastlab yarim himoyachining maydonga qaytishi kelasi mavsum boshlanishiga to'gri kelishi tahmin qilinayotgan bir paytda, Liverpool Echo Aleksni minimum kelayotgan 6 oyni o'tkazib yuborishi haqida ma'lumot tarqatdi.
Bu esa Yurgen Klopp jamoasining futbolchi hizmatlaridan noyabr oyigacha foydalana olmasligini bildiradi.
Eslatib o'tamiz Aleks o'z jarohatini 24-aprel kuni Chempionlar Ligasining "Roma"ga qarshi o'yinida orttirib olgan edi. Tizza boylamidagi jarohat futbolchining Angliya termasi tarkibida bo'lg'usi mundialdagi ishtirokiga ham nuqta qo'ydi.
Teglar : Aleks Oksleyd Chemberlen | Jarohatlar |
Manba : LiverpoolEcho
Qo`shdi: Anfield_Road
Ko`rildi: 689 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 122
» Foydalanuvchilar: 13
» Mexmonlar: 109

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog