Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

"We Are Liverpool"

19 may 2018, 19:50
*


Oragizda bu fotoni koʻpchilik juda yaxshi eslaydi. Bunda Oks YeChLning chorak finalida "Manchester Siti"ga qarshi javob uchrashuvidan keyin fanatlar oʻtiradigan sektorga borib, shu yerda oʻtirgan bolakayga oʻz futbolkasini sovgʻa qiladi va uning otasi Chemboni quchoqlab qoʻygandi. Yaqinda bu yigit bilan bogʻliq yana bir qiziqarli voqea sodir boʻldi.
Bobby ( bolakayning ismi) ning otasi:
"Koʻpchiligiz bilasizki, bu mavsum men va oʻgʻlim Bobby uchun aqlbovar qilmas darajada boʻldi. Biz "Liverpul" uchun koʻplab shaharlarga sayohat qildik. Bundan tashqari Xoffenhaym va Rimga ham.
Bulardan Oksning "Etihad"da oʻgʻlimga oʻz futbolkasini sovgʻa qilgan onlari eng yoqimlisi boʻldi.
Biz Kiyevda boʻlib oʻtadigan finalga biletlarni buyurtma qildik. Lekin, "qizillar" muxlislarining koʻpligi sabab, bahtga qarshi bizning toʻrt marta urinishimiz ham zoye ketdi. Keyinchalik men Kiyevda uchrashuvni biletsiz uchrashuvni tomosha qilish yoʻllarini qidira boshladim. Bilmadim, qanday meni topdi, lekin Juma kuni kechqurun Aleks Oksleyd-Chemberlen men bilan bogʻlandi va Final uchun oʻgʻlim va menga 2 ta bilet sovgʻa qilishi mumkinligini aytdi. Bizga futbolka sovgʻa qilgani yetmagandek, U oʻzining mehribonligi bilan bizni "yettinchi osmon"ga uchirib yubordi. Men va Bobbyga qilgan ishlari yaxshiliklari uchun Aleksga minnatdorchilik bildirish uchun soʻz topa olmayman."

Har qanday muxlis mana shu insonlar oʻrnida boʻlishni xohlasa kerak. Bilasizmi, nega bunday voqealar "Liverpul" futbolchilari bilan juda koʻplab sodir boʻladi? Robertsonning mavsum boshida bolakayga yoʻllagan Firminoga oʻz futbolkasiga shahsiy imzosini qoʻydirib, yonida oʻz xabarini qoʻshib joʻnatgani,
*


*


Virjildan futbolka soʻragan bolakay esingizdami ? Oʻsha paytda "Liverpul"ga endi kelgan Virjilning oʻzida ham futbolka yoʻq edi. Birinchi futbolkani qoʻlga olishi bilan oʻsha bolakayni qidirishni boshlagan va topib sovgʻa qilgandi. Salah esa saratonga chalingan bolani davolatishga pul bergani va eng muhimi har kuni telefon qilib xabarlashib turganiga nima deysiz? Biz hattoki oʻz yaqinlarimiz bilan har kuni xabarlashishga vaqt topa olmaslikni bahona qilib yurganimizda, futbolchilarimizning bu oʻzidan begona insonlarga koʻrsatayotgan hurmat ehtiromini jasoratga qiyoslash mumkin.
Sanasak bunday misollar juda koʻp.
Nega aynan bizning futbolchilar bilan bunday voqealar nisbatan koʻp sodir boʻlish sababi esa futbolchilarimiz muxlislarsiz futbol hech narsa ekanligini, "Liverpul" muxlislari ularni qanchalik yaxshi koʻrishini bilishadi. "Enfild"da boʻladigan har bir uchrashuvda stadionni toʻldirib oʻtiradigan, tinmasdan qoʻshiqlar kuylab, har bir futbolchini qoʻllab turadigan, muxlislarni yaxshi koʻrmay boʻladimi?
Aaosiy sabab esa bir OILA ekanligimizda. "Liverpul"- bu bir oila! Hammamiz, Klopp, Salah, Chembo hamma futbolchilar, tribunada oʻtirib oʻyinni diqqatla kuzatayotgan Dalglish, toʻp yetkazib turadigan bolakay, stadionda oʻtirgan har bir muxlis, dunyoning qaysidir burchagida koʻkragiga LFC soʻzi yozilgan qizil futbolkani kiyib oʻyin tomosha qilayotgan muxlis ham, sartaroshxonasini "Liverpul" suratlari bilan bezagan sartarosh, telefoningizga "You'll Never Walk Alone" ni yozdirib olib, har kuni eshitib yuradigan siz, telegramm safisiga Salahni rasmini qoʻyib olgan fanatdosh doʻstingiz hamma hammamiz bir oilamiz. Biz uchun "Liverpul"ning har bir uchrashuvi u oʻrtoqlik oʻyini boʻladimi, Chempionlar ligasi finalimi farqi yoʻq shunchaki oʻyin emas, sababi oddiy oʻyinni deb ishingizni chetga surmaysiz, kuningizni shunga qarab rejalashtirmaysiz, uchrashuv vaqtini sanab yurmaysiz. Yutsa olam qadar quvonib, yutqazsa qaygʻuga tushmaysiz. Demak, biz uchun Liverpul bu koʻproq narsani anglatadi. Har doim shunday boʻlib qolsin. Sevimli jamoamizdan ajoyib gʻalabalar kutib qolamiz.

We Are Liverpool
This Means More

Sardor Ollamberganov
Teglar :
Manba : Liverpul.uz
Qo`shdi: Doktor_Haus
Ko`rildi: 975 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 42
» Foydalanuvchilar: 3
» Mexmonlar: 39

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog