Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Yurgen Klopp yozda van Deykka sherik olib keladi

15 may 2018, 17:27
Qishgi transfer oynasi vaqtida "Liverpul" jamoa himoya chizig‘iga 80 million funt evaziga Virjil van Deykni xarid qilgan bo‘lishiga qaramay, yozda yana mudofaani kuchaytiradi. Bu haqda Bleacher Report nashri xabar tarqatdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Yurgen Klopp van Deykning yoniga "Tottenhem"dan Tobi Alderveyreld yoki "Lester"dan Harri Maguayrni olib kelmoqchi.

Ayni vaqtda Alderveyreldning "shporlar" safini tark etishi deyarli aniq bo‘lib ulgurgan. London klubi belgiyalik himoyachi uchun 30 mln. funt atrofida mablag‘ so‘ramoqda.

Ma’lumot tariqasida aytish joiz, van Deyk "Liverpul"ga kelganidan so‘ng, "mersisaydliklar" APLda mavsum oxiriga qadar bor-yo‘g‘i 9 ta gol o‘tkazib yubordi va bu borada "Manchester Siti" bilan birgalikda eng yaxshi natijani qayd etdi.

*
Teglar : Tobi Alderveyreld | Harri Maguayr | Transferlar
Manba : Bleacher Report
Qo`shdi: I Liverpool
Ko`rildi: 1321 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 58
» Foydalanuvchilar: 6
» Mexmonlar: 52

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog