Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

We Are Liverpool 2

18 may 2018, 11:12
“Liverpul”ning butun dunyoga shunchalik mashhur bo’lishi sababi nimada? Hech o’ylab ko’rganmisiz ?
“Liverpul”ning APL ni yutmaganiga chorak asrdan oshdi, “Istanbul mo’jizasi”ga ham mana 13 yil bo’libdi, so’nngi 6 yilda hech qanday kubok ham yutmadi. BIroq dunyoning eng mashhur jamoalar ichida kuchli 5 likdan tushmaydi. Nega ?
To’g’ri, Angliyaning eng sovrindor jamoasimiz, Yevropada Angliyaning eng yaxshi jamoasimiz, lekin bularga ko’proq o’tgan asrda ko’rsatgan natijalarimiz sabab bo’lgan.
Xo’sh, unda nima ? Chiroyli o’yinmi ? Har doim chiroyli o’ynaymizmi ? Yo’q.
“Liverpul”ning bu darajada mashhurligi, dunyoning istalgan burchagida muxlislari borligi, “Liverpul’ning kuchi bu uning muxlislaridir. Ha, aziz muxlislar, bunga biz sababchimiz. ‘’Liverpul’’ga bo’lgan mehrimiz, sadoqatimiz sabab. Butun dunyoda har qanday jamoaning muxlislari bor. Lekin, biz ulardan boshqachamiz, ulardan ustunmiz. Biz har yili qo’lga kiritiladigan kubok sanamaymiz, futbolchilarimiz oltin butsasiyu, oltin to’plarini sanamaymiz. Biz futboldan zavqlanamiz, “liverpul’ni yaxshi ko’ramiz. Eng muhimi esa, “Liverpul’ga kimdir mehr qo’ydimi, unga muxlislik qilishni boshladimi, bo’ldi. Ishonchim komilki, u umrining oxirigacha muxlislik qiladi. Chunki, "Liverpul - bu goʻzallik, Liverpul bu mehribonlik, Liverpul bu mehr oqibat, Liverpul bu Liverpul". “Biz – Liverpulmiz.’’

Bizning stadionimiz bor, u biz uchun dunyodagi eng chiroylisi, bizning qo’shiqlarimiz bor, ‘Youll Never Walk Alone’’ dunyodagi eng zo’r qo’shiq. Uning har bir so’zida ma’no mujassam. Bizning qanday muxlis ekanligimiz mana shu to’rt so’zda mujassam.
Bizning murabbiylarmiz bor, bizning qahramonlarimiz bor. Bizning afsonalarimiz , bayroqlarimiz, qizil ranggimiz bor.
*

Bizning ramzlarimiz, dunyodagi eng yaxshi futbolchilarimiz bor. Har bir o’yin paytida tinmasdan qo’shiq kuylaydigan muxlislarimiz bor. Yoshgina bolachalardan tortib, 100 ga yaqinlab qolgan otaxon-u, onaxonlarimiz bor oramizda.
Boshqa jamoalarga futbol o’ynashgani uchun muxlislik qilishsa, ‘Liverpul” biz uchun o’ynaydigandek go’yo. Mana shuning uchun ham bizni yoqtirmaydiganlar topiladi. Ular ‘Liverpul”ning natijalari, yutuqlarini emas, bizdek sodiq muxlislarni ko’ra olishmaydi do’stlar. Bir Oila ekanligimizni tushunishmaydi ular. Biz dunyoning eng zo’r jamoasiga muxlislik qilamiz.
“Liverpul” bizga hayotni o’rgatadi.
Final o’yinida 3-0 ga yutqazib, taymni yakunlaydiyu, lekin yakunda g’olib bo’ladi, bu bilan hayotda to’xtamaslik kerakligini, har doim oxirigacha kurashish kerkligini aytayotgandek bo’ladi.
*

Jerrard kabi futbolchilarni yetishtiradi, uning sadoqatini ko’rib, insonlarni oilasiga, vataniga, yaqinlariga sadoqatli bo’lishga undaydi. Mana shu sadoqatli yigit umri davomida chempion bo’lish uchun ter to’kadi, borini beradi.
Biroq, eng oxirida jamoasi champion bo’lolmasligiga o’zi sababchi bo’ladi.
*

Bu bilan hayotning qanchalar beshafqat ekanligini, insonni qanchalar og’ir sinovlar kutayotganini aytmoqchi bo’ladi.
Buni qo’shiqlarida ham ham aytadi, ‘’Atrofingda bo’ron bo’layotgan bo’lsa, boshingni baland tut”
Bizning quvonchli damlarimiz ko’p bo’lgan. Bizning qayg’uli damlarimiz, ko’zlarda yosh ila o’yinni kuzatgan damlarimiz bo’lgan. Bizning og’ir damlarimiz bo’lgan. Bir necha yillar o’rtameyonalar qatorida yurgan paytlarimiz ham bo’lgan. Lekin biz har doim qayta olganmiz. Qaytgandayam yana kuchliroq bo’lib, “Qafasdan bo’shalgan och sher’’ kabi qaytganmiz.
Yevropa maydonlariga 13 yillik tanaffusdan keyin qaytdik, endi bizni hech kim to’xtata olmaydi.
Chunki, “Biz- Liverpulmiz “

We Are Liverpool
This Means More


Maqolani Sardor Ollamberganov tayyorladi.
Teglar : Liverpul | YeChL |
Manba : Liverpul.uz
Qo`shdi: Doktor_Haus
Ko`rildi: 908 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 57
» Foydalanuvchilar: 3
» Mexmonlar: 54

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog