Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

"Real" - "Liverpul" uchrashuvi haqida siz bilishingiz kerak bo'lgan 5 ma'lumot

21 may 2018, 00:23
Yana bir necha kunlardan keyin butun dunyoning etiborida turadigan bahs bo'lib o'tadi.
UEFA CHempionlar ligasi finaliga ham oz qolmoqda. Jurnalistlar, muxlislar, umuman olganda butun dunyo bahs o'tadigan kunni sabrsizlik bilan kutishmoqda.

Biz sizlarga ushbu final haqida malumot beramiz.

"LIVERPUL" 11 YIL DEGANDA FINALGA CHIQDI

"Liverpul" ancha vaqtdan buyon sovrin qo'lga kiritmadi. Jamoa Brendan Rojers vaqtida APL chempionligini qo'lga kiritishga yaqin kelgandi, biroq kichik muammo sababli sovringa ega chiqilmadi.
*

Mersisaydliklar YeCHLda bundan 13 yil avval yorqin natijani qayd etgandi. O'shanda "Milan" uchun triller kabi tugagan filmda APL jamoasi g'alabaga erishgandi. Oradan 2 yil o'tibYU "Liverpul" YeCHL finalida mag'lubiyatga uchradi.

Ayni damda jamoa tarkibida Luis Suares, Filippe Koutino kabi kabi futbolchilar o'ynamayapti. Biroq jamoa ularsiz ham gigant jamoa nomini saqlab qola oldi.
Yurgen Klopp o'z ambiciyalari bilan jamoaga katta yordam berdi. Germaniyalik mutaxassis jamoani raqobatbardosh qilib "tarbiyaladi“.

Xo'sh, "Liverpul" o'zining YeCHL finalidagi so'nggi mag'lubiyati alamini oladimi? Yoki "Real" ketma ket uchinchi bora sovrinni qo'lga kiritadimi?

"REAL" REKORD O'RNATIB BO'LGAN

So'nggi 5 yilni hisobga oladigan bo'lsak, "Real" YeCHLda eng yaxshi ko'rsatkichni qayd etmoqda.
*

Bir vaqtlar "Real" kabi natijani Arrigo Sakki boshchiligidagi "Milan" qayd etgandi. Jamoa 1989 va 1990 yillarda ketma ket ikki marta UEFA chempionlari kubogi g'olibligiga erishgandi.

"Real" esa ketma ket uchinchi marta finalga chiqib, barcha rekordlarni buzib tashladi. SHuningdek, jamoa so'nggi 5 yilda to'rtinchi marta finalga chiqdi. Bu ishni ham hali birorta jamoa uddalay olmagan.

Zinedin Zidan boshchiligidagi "Real" allaqachon rekord o'rnatib bo'lgan. Agarda g'alabaga erishiladigan bo'lsa, "Real" YeCHLda ketma ket uch marta g'oliblikka erishgan yagona jamoaga aylanadi.

O'ZARO O'YINLARDAGI USTUNLIK "LIVERPUL" TOMONIDA

Tomonlarning o'zaro o'yinlari statistikasiga qaraydigan bo'lsak, "Liverpul"da kichik ustunlik borligini ko'ramiz.
*

O'tkazilgan 5 bahsda hisob quyidagicha: 3:2. Dastlabki, uch o'yinda "Liverpul"ning (1:0, 1:0, 4:0) qo'li baland kelgan bo'lsa, so'nggi ikki uchrashuvda madridliklarning (3:0, 1:0) g'alabasi qayd etilgan. Gollar urishdagi nisbat ham "qizillar" foydasiga: 6:4.

Ammo natijalar o'tmishda qolib ketgan. 26 may kungi uchrashuvda hech qanday statistikaga etibor berilmaydi. Ikki tomon ham g'alaba qozonishga intiladi. "Real" ketma ket uchinchi, "Liverpul" esa 13 yildan keyin ilk YeCHL sovrinini qo'lga kiritish uchun qattiq harakat qiladi.

KLOPP "REAL"GA QARSHI O'TGAN SO'NGGI O'YINIDA G'ALABAGA ERISHGAN

Statistikalarga to'xtaladigan bo'lsak, Yurgen Klopp xalqaro maydonlarda "Real"ni eng ko'p mag'lub etgan murabbiy hisoblanadi.
*

U Ispaniyaning grand jamoasi ustidan 6 bora g'alabaga erishgan. Klopp 2013 yilda uning jamoasi "Borussiya" YeCHL finali ostonasida "Real"ga qarshi maydonga tushgan. Unda dortmundliklarning qo'li baland kelgan va finalda "Uembli"da "Bavariya"ga qarshi bahs olib borgan.
Xo'sh, Kievdagi o'yin uchun ham Kloppning rejalari bormi? U uzoq yillik tanaffusdan keyin "Liverpul"ga sovrin taqdim eta oladimi?

G'OLIB TOMON YETAKCHISI "OLTIN TO'P"NI QO'LGA KIRITISHI MUMKIN

Saloh "Liverpul"ga kelganidan keyin jamoa uchun bir mavsumning o'zida 44 gol urdi va 16 golga assistentlik qildi.
*

So'nggi yillarda Salohga o'xshagan futbolchi chiqmayotgandi. Yani, Ronaldu va Messiga jiddiy raqobat qiladiganlar topilmayotgandi. Ko'pchilik muxlislar uning "Oltin to'p"ning sohibi bo'lishini istashayotgani aniq. Biroq bu ko'proq YeCHL finaliga bog'liq.

Agarda finalda "Real" g'alabaga erishadigan bo'lsa, katta ehtimol bilan Ronaldu “Ballon d’Or”ning egasiga aylanadi va sovrinni qo'lga kiritish borasida yetakchi bo'lib oladi.


***** Maqola Championat.asia saytidan olindi

Mirjalol Normatov tarjimasi
Teglar : YeCHL | Real Madrid | Liverpul
Manba : Championat.asia
Qo`shdi: FoReVeR_LFC
Ko`rildi: 1109 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 76
» Foydalanuvchilar: 7
» Mexmonlar: 69

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog