Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Bo‘lajak final oldidan ispanlar nima deydi?

21 may 2018, 22:14
26-may kuni barchaning diqqat markazi Kiyevdagi "Olimpiko" stadioniga qaratiladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki shu kuni ushbu arenada Yevropa Chempionlar Ligasi final o‘yini bo‘lib o‘tadi. Unda "Real Madrid" hamda "Liverpul" klublari o‘zaro chempionlik uchun bahslashadilar.

Aynan shu uchrashuv uchun har kimda turli xil fikr-mulohazalar mavjud. Hozir e’tiboringizni ispan matbuoti va futbolchilari tomonidan bildirilayotgan fikrlarga qaratmoqchimiz.

"Ha, "Liverpul"da o‘yinni o‘zgartirib yuboradigan futbolchilar bor, ammo mening himoyachilarim dunyodagi eng kuchlilaridir. Men jamoamdagi o‘z sheriklarimga yuz foiz ishonaman", - Keylor Navas.

"2017/2018-yilgi mavsum "Real" uchun fojiaga aylanmoqda, ushbu jamoa LaLigada muvaffaqiyatsizlikka uchradi, biroq "Olimpiko" stadionidagi g‘alaba barchasini yuvib yuborishi mumkin. Fransiyalik mutaxassis barcha o‘y-hayolini finalga va tarkibga qaratishi kerak. Garet Beyl hozir o‘z formasini tiklab olyapti va u ayni vaqtda "qaymoqranglilar"ning muhim futbolchisi, Karim Benzema esa bunday holatlarda to‘pni darvozaga joylab qo‘yishi qiyin bo‘ladi.

Isko 2017-yilgi Kardiffdagi finalda o‘zini aqlbovar qilmas darajasini namoyish etgandi, va endi u garchi kutilganidek o‘tmayotgan mavsum bo‘lsa ham, buni Kiyevda takrorlab ko‘rishi mumkin. "Malaga" sobiq futbolchisi o‘yinga ta’sir o‘tkaza olishi mumkin, lekin qachonki "Liverpul" to‘pga egalik qilmasa, ular o‘zlarining eng yuqori xavflilik darajasini ko‘rsatadilar. Yurgen Kloppning gegapressing uslubi Zinedin Zidan uchun yoqimsiz sovg‘aga aylanib ketishi hech gap emas", -
Marca nashri.

"Finalga qadar biz pley-off o‘yinlarida og‘ir yo‘lni bosib o‘tdik. "PSJ", "Yuventus", "Bavariya"larning barchasi YeChL favoritlari deb tilga olinayotgandi. O‘ylashimcha, bu bizning kuchimizni ko‘rsatib bermoqda, ammo bizni finalda haqiqatdan og‘ir o‘yin kutmoqda. Yevropaning qiroli ekanligimizni yana bir bor isbotlaymiz. Ketma-ket uchinchi marotaba ushbu sovrinni qo'lga kiritish, bu orzuimiz", - Serxio Ramos.

"Bo‘lajak o‘yin oldidan madridliklarda qo‘rquv yo‘q, na futbolchilarda va na rahbarlarda. Ular hotirjamlar. Avvalari hech qachon stol atrofida bunday hotirjam o‘tira olmas edilar. Mazkur final - eng oson final bo‘ladi "Real" uchun ham, futbolchilar uchun ham, murabbiylaru, rahbariyat uchun ham", - El Pais jurnalisti Diego Torres.

"Odamlar aytishmoqdaki, tarix va statistika hech qanday ahamiyat kasb etmaydi, ammo bu unday emas. Balki raqiblar uchun shundaydir, biroq "Real" uchun unday emas. "Qirollik klubi"ga bu o‘z ishonchlarini oshirishiga yordam beradi, ular o‘zlarining Yevropada qirol ekanliklariga ishonishadi. "Real"dagilar o‘zlarini - Chempionlar Ligasida eng kuchli deb hisoblaydilar. Buni esa tarix isbotlab turibdi", - Real Madrid TV boshlovchisi Fil Kitromilides.

"Madrid klubi Yevropaning eng yaxshi jamoasi. Agar "Real" ustozi bo‘lganimda, jamoamga futbolchilarning o‘rnini bosish uchun "Liverpul" tarkibidan birorta futbolchini ham ko‘rib chiqmagan bo‘lardim. Beyl, Benzema, Ronaldu, Asensio va Lukas Vaskes - Salahdan kuchli yoki kamida u bilan bir xil o'ynay oladi. Uchrashuvga taxminim? "Real" 4:1 hisobida g'alabaga erishadi", - Ispaniyaning Yevropa va Jahon Chempioniga aylantirgan murabbiy Visente del Boske.

"Finalda qaysi jamoa yutgani ma’qul? Ochig‘ini aytganda, qay biri yutsa ham men bundan xursand bo‘laman. Sababi, "Real" vatanim jamoasi, "Liverpul" esa sobiq va suyukli klubim", - "Milan" futbolchisi Suso.
Teglar : Intervyular | |
Manba : Liverpul.uz
Qo`shdi: I Liverpool
Ko`rildi: 1256 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 77
» Foydalanuvchilar: 6
» Mexmonlar: 71

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog