Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Men bu kunni 13 yildan beri kutaman...

18 may 2018, 19:00
*

Futbolni bundan 13 yil muqaddam Yevropa Chempionlar Ligasi finalida "Milan"-"Liverpul" baxsida ilk bor televizor qarshisida ko'rganman. O'shanda qizil rangda o'ynagan jamoaning matonati meni lol qoldirib, behosdan ushbu jamoaga o'zgacha mehr qo'yganman.

Men "Liverpul" va uning qay tariqa tashkil topgani, o'tmishda uning libosida kimlar o'ynagani-yu, qanday sovrinlarga ega chiqqanini internet tarmog'idagi turli xil manbalar orqali o'qish va ko'rish orqali tasavvur qilganman. Bugungi "Liverpul"ning bu darajaga kelishini o'sha 7 yoshli paytimdan buyon intizorlik bilan kutaman.

Ha darhaqiqat, 2005 yilgi final mening qalbimda o'zgacha iz qoldirgan. Oradan ikki yil o'tgandan keyingi finalda "Liverpul" "Milan"ni yenga oladigan darajada kuchli emasdi. Shu sababdan o'sha mag'lubiyat men uchun juda og'ir botmagan. Sababini hozir tushuntiraman.

Agar eslasangiz, 13 yil muqaddam oldingi finalda futbolchilar ikkinchi bo'limga borlarini tashlash uchun tushishgan. Ya'ni ularda chiroyli o'yin ko'rsatish ishtiyoqi paydo bo'lgan va o'sha ishtiyoq sabab, tarixiy kambek futbolchilar tomonidan kutilmaganda amalga oshirilgan. G'oliblikdan keyin "Liverpul" o'yinida pasayish, raqiblarni mensimaslik kabi holatlar kuzatilgan. Ikki yil keyingi finalni jamoa oldingisi kabi o'tkazishni taxmin qilib, mag'lubiyatga uchragan. Klub inqirozi ana shundan keyin boshlandi.

Finallardan so'ng, jamoa yangilanishga muhtoj edi. Tarkibda jahon darajasidagi yulduzlar yetarlicha edi va ularga dunyoning eng yaxshi jamoalaridan qiziqish paydo bo'lavergach hamda klub moliyaviy tomondan qiyinchilikka tushib qolganidan so'ng, ularni sotishga majbur bo'ldi. Rafael Benites shunda ham tarkibning asosiy o'zagini, aniqroq qilib aytganda har bir chiziqda bittadan yetakchilarni saqlab qoldi. Chempionlar Ligasi g'olibligidan keyin klubning eng asosiy maqsadi APL g'olibligi edi va bunga jamoa bir necha bor yaqin keldi. Ammo jamoaning ko'p hollarda tajribasizligi, g'alabani erta nishonlab qo'yishi kubokni boshqa ilib ketishiga sabab bo'lgan.

Men Brendan Rojers shakllantirgan jamoani o'zgacha hurmat qilaman. Eng yaxshi ishlagan joyi "Suonsi" bo'lgan va uni Premer-Ligaga olib chiqish bilangina maqtana oladigan uelslik murabbiy, klubni chempion qilishiga yaqin keldi. O'sha yillar klub skauzerlari qalbida o'chmas iz bo'lib qoldi.

Mundialda Luis Suarezning xatti-harakatlari "Liverpul"ga qimmatga tushdi. 4 oylik diskvalifikatsiya "qizillar" rahbariyaatining sabr kosasini to'ldirdi va hujumchini klub rahbariyati ancha pulga "Barselona"ga pulladi. Omadsizliklar o'shandan keyin boshlandi.

Jamoaga bir qancha o'rtamiyona o'yinchilar olib kelindiki, ularning kuchi APLning salohiyati uncha yuqori bo'lmagan klublarini maxf etishgagina yetdi. Bir qancha tanqid hamda natijalarning o'ta xunuk ko'rinish kasb etishi oqibatidan Brendan Rojers o'z postini tark etdi va biz orziqib kutgan, Dortmundda Yevropaning kuchli raqiblarini yenga oladigan darajada qudratli klubga asos solgan murabbiy olib kelindi.

Darhaqiqat, Yurgen Kloppning ilk mavsumdayoq natija ko'rsatishi ya'ni "Liverpul"ning Yevropa Ligasida g'alaba qozonishi kutilgandi. Deyarli shunga yaqin keldik ham, ammo finalda jamoa o'yinchilarining o'zlari mag'lubiyatning bosh aybdorlariga aylanishdi.

Bizning yevroarenalarga qaytishimizga ancha yillar keldi. Ha, Angliyaning ichida chempion bo'lolmayabmiz, yaxshi start olganimizda ritmni tushirishga to'g'ri kelmoqda. Biroq, bilasizmi, men uchun bularning unchalik ahamiyati yo'q. To'g'ri, siz kabi menga klubning har bir omadsizligi juda og'ir botadi, ammo ichki chempionat o'z yo'liga, asosiysi, Yevropada o'zimizning shonli g'alabalarimizni qaytarishimizni men kabi xohlaydigan minglab topiladi. Chunki xalqaro arenadagi g'alaba, klubning obro'yi, muxlislarining qaddini tik tutishi uchun ham kerak.

Hozir biz shunday sharoitdamizdagi, "Real" muxlislarining o'yindan oldingi fikrlari bizda bosimni keltirib chiqarmoqda. Ya'nikim ular muxlislik qiladigan jamoa muddatidan oldin YeCHLni ketma-ket uchinchi bor qo'lga kiritadi. Ammo finalda hech qachon favoritlar bo'lmaydi. Istalgan paytda voqealar rivoji o'zgarib ketadi. Tan olib aytishim joizki, "Real" futbolchilarida jamoaviy o'yin, xarakter, tezlik, kombinatsion o'yin juda yaxshi rivojlangan, biroq finalda g'alaba qozonish uchun bular yetarli bo'lmaydi. "Liverpul"da raqibga o'yin bermaslik, to'p nazorati va albatta, qarshi hujumdan juda unumli foydalanish koeffitsiyenti yuqori va Klopp ham istalgan jamoaga qarshi shu taktika bilan chiqadi.

Men ilk bor futbol ko'rganimda 2005-yilning 25-may sanasi edi. Unda qanday voqealar bo'lgani hamon ko'z oldimda. Men bugungi kunga qadar 13 yil oldingi tarixiy chempionlik bilan yashab kelmoqdaman. Shu paytgacha biz uchun shonli kunlar kelishini intizorlik bilan kutdim. Bunday imkoniyat boshqa bo'lmasligi mumkin va ertangi final biz "qizillar" ko'zida quvonch ko'z yoshlari bilan yakunlanishini istayman. Muxlislarga tilagim, ulardan iltimosim bor. Hammamiz birlashadigan vaqt keldi. Tanqidlar, bosimni chiroyli fikrlar, tabassumlar bilan yengaylik. Finalni chiroyli ko'rinishda boshlab, chiroyli ko'rinishda yakunlaylik. Ertaga har qanday natija sodir bo'ladi, ammo biz oxirigacha mardonavor tarzda olqishlaylik.
Teglar : Mulohaza | |
Manba : Liverpul.uz
Qo`shdi: Liverpool_my_life
Ko`rildi: 1086 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 41
» Foydalanuvchilar: 4
» Mexmonlar: 37

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog