Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

RASMAN: Fabinyo - "Liverpul" futbolchisi!

20 may 2018, 01:20
"Liverpul" yozgi transferlar oynasidagi o'zining ikkinchi xaridini rasman e'lon qildi. Nabi Keyta transferi o'tgan yozdayoq aniq bo'lgan bo'lsa, endilikda klub "Monako" tayanch yarim himoyachisi Fabinyo bilan shartnoma imzoladi.

Fabinyo allaqachon tibbiy tekshiruvdan o'tdi va transfer yakunlandi. U 1-iyuldan jamoadagi faoliyatini boshlandi.

"Men bu transferdan juda hursandman. Bu gigant klub - men doim xohlagan narsa. Klubning infrastrukturasi g'aroyib ko'rinmoqda.

Bu katta klubning mening hizmatlarimga qiziqishi tufayli o'tish haqida ko'p o'ylab o'tirganim yo'q. Jamoada o'z tariximni yaratishga harakat qilaman va umid qilamanki, jamoa bilan sovrinlar yutishga muvaqqaf bo'laman.

O'sishga va jamoa tarixining bir bo'lagi bo'lish yo'lida tinmay harakat qilaman", - deydi braziliyalik futbolchi.

24 yoshli Fabinyo "Monako"dagi 4 yillik faoliyatida 225 ta uchrashuvda qatnashib, 29 ta gol urishga muvavvaq bo'lgan.

Ma'lumot o'rnida, "Liverpul" Fabinyo uchun "Monako" hisobiga 39.3 million funt (45 million yevro) o'tkazib beradi. Futbolchi yangi jamoasi bilan uzoq muddatli shartnomaga imzo chekdi.
Teglar : Fabinyo | Transferlar |
Manba : Liverpul rasmiy sayti
Qo`shdi: NYC
Ko`rildi: 1693 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 32
» Foydalanuvchilar: 7
» Mexmonlar: 25

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog