Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

"Liverpul" Fabinyo uchun kurashda "Arsenal"ni ortda qoldirgan

18 may 2018, 00:30
"Arsenal""Monako" yarim himoyachisi Fabinyoni o'z safiga qo'shib olishga harakat qilgan, biroq u yakunda "Liverpul"ni tanladi.

Londonliklar o'tgan dam olish kunlari 24 yoshli braziliyalikning transferi bo'yicha taklif bilan chiqishgan, ammo u o'z faoliyatini "Liverpul"da davom ettirish haqida qaror qabul qilib bo'lgan.

Shu bilan birga, "Arsenal" yangi bosh murabbiyi Unai Emeri Fabinyoni o'zining avvalgi klubi - "PSJ" tarkibiga ham qo'shib olmoqchi edi.

Fabinyo "Liverpul" o'yinchisiga 1 iyul kuni rasman aylanadi.

Aniqlashtirilgan malumotlarga ko'ra, "qizillar" uning uchun 45 mln yevro to'laydi, shuningdek, yana 5 mln bonuslar ko'rinishida nazarda tutilgan.
Teglar : Transferlar | Fabinyo |
Manba : Liverpul.uz
Qo`shdi: FoReVeR_LFC
Ko`rildi: 1148 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 67
» Foydalanuvchilar: 2
» Mexmonlar: 65

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog