Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Bugun "Liverpul" 126 yoshga to‘ldi

20 iyn 2018, 11:00
"Liverpul" futbol klubi Mersisayd grafligidagi Liverpul shahrini himoya qiluvchi jamoa. "Liverpul" Angliya jamolari ichida Chempionlar Ligasi bahslarida eng ko`p g`alaba qozongan klub hisoblanadi. Jamoa 5 bor Yevropada tengsiz topilgan. Angliya chempionatida eng ko`p 18 marta ("Manchester Yunayted"dan keyin) g`alaba qozonishgan.

Klubga 1892-yili 15-martda "Enfild" stadioni egasi Jon Xoulding tomonidan asos solingan. Xouldingda xususiy jamoa tuzish qarori stadionning avvalgi ijarachisi, 1884-1892 yilda "Enfild"da to`p surgan "Everton"ning ijara haqini to`lay olmay stadionni tark etganidan so`ng tug`ildi. Jamoa nomini shahar sharafiga moslab - "Liverpul" deb nomladi.

1896/97 yilda "Liverpul" birinchi divizionga chiqdi. 1900/1901 mavsumda o`zining birinchi chempionligini nishonladi, 5 yildan so`ng muvaffaqiyatini takrorladi. 1914-yili Angliya kubogi finaliga yetib kelgan "Liverpul" "Byornli"ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. 1921/22 va 1922/23 mavsumlarda chempionlikka erishgan jamoa, 1947-yilga kelib 5-bor Angliya chempioni unvoniga sazovor bo`ldi. 1950-yilda Angliya Kubogi finaliga yetib kelgan klub bu safar "Arsenal"ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

"Liverpul" 1953/54 mavsumda ikkinchi divizionga tushib ketdi.

1961/62 mavsumda birinchi divizionga qaytgan jamoa 1963/64 mavsumda chempionlikni o`ziniki qilib oldi. 1966-yilda "Liverpul" 7-chempionligini nishonladi. Bir yil avval jamoa Angliya kubogi g`olibi bo`ldi. 1973-yilda klub UEFA kubogini qo`lga kiritdi.

Bir yil o`tgach, Angliya kubogi "Liverpul"ga nasib etdi. Jamoa boshqaruviga Bob Peysli keldi. "Liverpul" 1975-76 mavsumda chempionat va UEFA kubogida g`olib chiqdi. Keyingi yili chempionlik unvonini saqlab qolib Yevropa chempionlari kubogida birinchi marta g`alaba qozondi. Navbatdagi mavsumda Yevropa chempionlari kubogi unvoni saqlab qolindi va chempionatda 42 uchrashuvda 16 to`p olib chiqqan holda chempionlik tantana qilindi.

Peysli qo`li ostida jamoa 9 mavsumda 21 ta sovrin yutdi: 3 marta Chempionlar kubogi, UEFA kubogi, 6 marta angliya chempionligi, ketma-ket uch marta Liga kubogi. Peysli tomonidan yutilmagan yagona sovrin Angliya kubogi bo`lib qoldi.

1983-yilda Peysli iste’foga chiqadi. Uning o`rniga yordamchisi Jo Fagan tayinlanadi. 1985-yilda Chempionlar kubogi finaliga yo`l olgan "Liverpul" "Yuventus" bilan belgiyadagi "Eyzel" stadionida kuch sinashadi va 0:1 hisobida mag`lub bo`ladi. O`sha mash`um tunda qonga bo`yalgan "Eyzel" stadionida 39 kishi, asosan italiyaliklar olamdan o`tadi. UEFA Angliya klublariga 5 yil davomida yevrokuboklarda qatnashish huquqidan mahrum qiladi. "Liverpul"ga esa 10 yillik ta`qiq qo`yiladi. Fagan falokatdan so`ng jamoani tark etadi. Uning o`rniga Kenni Dalglish o`ynovchi murabbiy bo`lib klubni boshqaradi. Dalglish davrida klub 3marta chempion, 2 marta Angliya kubogi sohibi bo`ladi. "Liverpul"ning muvaffaqiyatiga yana bir daxshat xavf soladi. Kubok yarim finalida, 1989-yil 15-aprelda Sheffildda "Xillsboro" stadionida "Nottingem Forest" bilan o`yin vaqtida stadion urush maydoniga aylanib ketadi. "Liverpul"ning yuzlab tarafdorlari tiqilinch ostida qolib ketishadi. 94 odam o`sha kuni vafot etadi, 95 yarador shifoxonaga yotqiziladi, 96-yarador ishqiboz esa 4-yildan so`ng olgan jarohati natijasida vafot etadi. Tekshiruv komissiyasi halokatning sababini stadionda politsiya xodimlarining nazoratni yo`qotganini sabab qilib ko`rsatadi. Umuman 1989-yil "Liverpul" ishqibozlari halokatlarga aralashib qolgan yil sifatida e`tirof etiladi.

1998/99 yilda Jerar Ulye jamoa menejeri etib tayinlanadi. Ulye o`zining ikkinchi mavsumidayoq 3 kubokni qo`lga kiritadi: Angliya kubogi, Liga kubogi, UEFA kubogi. Keyingi mavsumlardagi omadsiz ishtirokdan so`ng Ulye o`rniga Rafael Benites boshqaruvga keladi. Benites qo`l ostida 2004/05-mavsumda chempionatda 5-o`rinni qo`lga kiritgan jamoa chempionlar ligasida "Milan" jamoasi bilan kechgan dramatik bahsda 3:0 hisobida ortda borayotib hisobni tenglashtirishga erishadi. Penaltilar seriyasida 3:2 hisobida "Liverpul" g`alaba qozonadi.

Ikki yildan so`ng yana finalda to`qnash kelgan jamoalar bu safar o`yinni penaltilar seriyasigacha cho`zib o`tirishmaydi. "Milan" 2:1 hisobida g`alaba qozonadi.

2008/09-mavsumda "Liverpul" 86 ochko to`plab "Manchester Yunayted"dan keyin ikkinchi o`rinni egallaydi.

Klub Premier-ligani 7-o`rin bilan yakunlagach 2010-yil 3-iyunda Rafael Benites iste’foga chiqariladi. Keyinchalik jamoani, Roy Xojson, Kenni Dalglish va Brendan Rodjers kabi kuchli mutaxassislar boshqarishdi. Ammo ulardan faqatgina Kenni Dalglish sovrin yutib berdi. Bu ham bo‘lsa, 2012-yilda Angliya liga kubogidagi g‘oliblik.

Hozirda jamoani germaniyalik mutaxassis Yurgen Klopp boshqarmoqda. U 2015-yilning oktabr oyida "mersisaydliklar"ni qabul qilib olgandi. Shundan beri, Klopp 3 marta "Liverpul"ni finalga olib chiqdi, ammo barchasida mag‘lubiyat alamini tatidi. So‘nggi final, bu bir hafta oldin YeChLda "Real Madrid"ga (1:3) qarshi o‘yin bo‘ldi.

Klub sovrinlari:

Angliya chempionligi (18): 1900-01, 1905-06, 1921-22, 1922-23, 1946-47, 1963-64, 1965-66, 1972-73, 1975-76, 1976-77, 1978-79, 1979-80, 1981-82, 1982-83, 1983-84, 1985-86, 1987-88, 1989-90- yillari

Angliya kubogi (7): 1965, 1974, 1986, 1989, 1992, 2001, 2006- yillari

Liga kubogi: (8): 1981, 1982, 1983, 1984, 1995, 2001, 2003, 2012-yillari

Angliya superkubogi (15): 1964, 1965, 1966, 1974, 1976, 1977, 1979, 1980, 1982, 1986, 1988, 1989, 1990, 2001, 2006- yillari

Yevropa chempionlari kubogi/ UEFA chempionlar ligasi (5): 1977, 1978, 1981, 1984, 2005- yillari

UEFA kubogi (3): 1973, 1976, 2001- yillari

UEFA superkubogi (3): 1977, 2001, 2005- yillari.

Jamoa bugunga qadar, darhaqiqat, katta tarixga ega hisoblanadi. 126-yil davomida ushbu klubda pasayish davri ham, yuqorilash davri ham ko‘zga tashlangan. Ammo turli xil muammolarga qaramay bugungi kunga kelib ham "qizillar"ning obro‘si ancha katta. Biz jamoamizdan kelasi mavsumda uzoq kutilgan Angliya chempionligini kutib qolamiz. Tug‘ilgan kuning muborak bo‘lsin - "LIVERPUL"!
Teglar :
Manba : Liverpul.uz
Qo`shdi: I Liverpool
Ko`rildi: 597 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 35
» Foydalanuvchilar: 8
» Mexmonlar: 27

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog