Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Nihoyat! "Liverpul" "Atletiko" ga 90 mln yevrolik ilk taklifini yubordi

23 iyn 2018, 16:48
"Liverpul" "Atletiko Madrid" klubi posboni Yan Oblakka anchadan buyon qiziqish bildirmoqda.

"Qizillar" rahbariyati allaqachon madrid klubi bilan muzokaralarni boshlab yuborgan va xatto 90mln yevro miqdoridagi ilk taklifini ham yubordi.
Qayd etish kerakki, Yan Oblak transferiga shaxsan Yurgen Kloppning o'zi qiziqish bildirmoqda. Unday holda katta ehtimol bilan "Liverpul" darvozaboni Loris Karius yaqin vaqtlarda jamoani tark etishi mumkin.

Joriy mavsum Yan "Atletiko" libosida 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, 28 ta gol o'tkazib yuborgan va 29 ta uchrashuvda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2021 yilga qadar amal qiladi. Shartnomasidagi tovon puli esa 100 mln yevro etib belgilangan bolsada, klub ushbu narxni pasaytirishga tayyorligi aytilgan edi - deya xabar bermoqda Don Balon
Teglar : Yan Oblak | Yurgen Klopp | Transferlar
Manba : Don Balon
Qo`shdi: Liverpool777
Ko`rildi: 866 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 44
» Foydalanuvchilar: 5
» Mexmonlar: 39

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog