Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Kurtua Karius haqida: "Miya chayqalishi haqida endi gapirish g'alati"

23 iyn 2018, 17:50
"CHelsi" darvozaboni Tibo Kurtua "Liverpul" darvozaboni Loris Karius "Real"ga qarshi CHempionlar ligasi finalini (1:3) miya chayqalishi bilan o'tkazgani haqidagi malumotga izoh berdi.

"Men bilan shunga o'xshash voqea sodir bo'lgan. Aleksis Sanches bilan to'qnashib keganimdan so'ng, to'pni ko'rmay qoldim va 20 daqiqa o'tib almashtirildim. Afsuski hammasi shunday yakunlandi, biroq Karius ikkita ajoyib seyv ijro etganini aytish lozim. Bu omadmidi? Bilmadim, chunki u to'pni ko'rmadi. Agar miya chayqalsa, o'zingiz yoki shifokorlar tavsiyasi bilan maydonni tark etishingiz kerak. Uchrashuvdan so'ng u 2ta xato qilganini aytdi va hech kim u bilan bahslashmadi. Darvozabonlar bilan bunday voqealar yuz berib turadi, ammo ushbu shikastlanish haqida hozir gapirish g'alati. Biroq Bostondagi shifokorlar shunday deyishayotgan ekan, demak ular haq" - deydi Kurtua.
Teglar : Tibo Kurtua | Loris Karius |
Manba : Liverpul.uz
Qo`shdi: FoReVeR_LFC
Ko`rildi: 444 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 44
» Foydalanuvchilar: 6
» Mexmonlar: 38

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog