Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

"Liverpul" Shakiri transferini amalga oshirishi mumkin

23 iyn 2018, 21:53
Guardian nashrining xabar berishiga ko‘ra, "Stok Siti" hujumkor yarim himoyachisi Jerdan Shakirining xizmatiga bir necha jamoalar qiziqish bildirmoqda. Jumladan, "Liverpul" ham shular qatoriga kiradi.

Ma’lumki, "Stok Siti" Chempionshipga ravona bo‘ldi va natijada klubning bir qator yetakchi ijrochilari o‘zlariga boshqa jamoa izlashga tushib qolganlar. Shveysariyalik Shakiri ham o‘z intervyusida Chempionshipda o‘ynamasligini ma’lum qildi.

Kimda-kim Shakirini o‘z jamoasiga olishni istasa, buning uchun atigi 12-13,5 mln. funt sterling miqdoridagi mablag‘dan voz kechishi kerak bo‘ladi. Narxning bu qadar pasayishiga asosiy sabab, "Stok Siti"ning APLdan tushib ketishi bo‘ldi.
Teglar : Jerdan Shakiri | Stok Siti | Transferlar
Manba : The Guardian
Qo`shdi: I Liverpool
Ko`rildi: 865 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 44
» Foydalanuvchilar: 6
» Mexmonlar: 38

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog