Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

"Liverpul" Shakiri uchun kurashda favorit, Kloppning o‘zi ushbu transferni xohlamoqda

22 iyn 2018, 23:43
Biroz avval, "Liverpul" o‘z safiga "Stok Siti"dan Jerdan Shakirini qo‘shib olish choralarini ko‘rayotganligi haqida xabar bergan edik.

Bir qator "Liverpul"ga oid xabarlarni yoritib beruvchi jurnalistlar, chunonchi, Melissa Reddi va Pol Joys mazkur futbolchiga bo‘lgan qiziqish jiddiyligini va ayni damda "Liverpul" shveysariyalik 26 yoshli vinger uchun kurashda favorit ekanligi haqida axborot tarqatdilar. Shakiriga "Lester" va "Everton" jamoalaridan ham qiziqish mavjud.

Pol Joysning ta’kidlashicha, shaxsan Yurgen Kloppning o‘zi Shakiri transferini istamoqda. Bu bilan "mersisaydliklar" Nabil Fekirdan voz kechadi degani emas. Ayni damda Fekir borasida muzokaralar davom etmoqda. "Qizillar" Nabil uchun 53 million funt sterling taklif qilmoqda, biroq "Lion" bunga rozi bo‘lmayapti.

Ma’lumot tariqasida aytish kerakki, Shakiri APLda yakunlangan mavsumga ko‘ra 36 marta maydonga tushdi va 8 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol etdi. Undan tashqari, u 7 marta sheriklarining gollariga hammualliflik qildi.
Teglar : Jerdan Shakiri | Nabil Fekir | Transferlar
Manba : Twitter
Qo`shdi: I Liverpool
Ko`rildi: 1695 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 44
» Foydalanuvchilar: 2
» Mexmonlar: 42

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog