Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

The Independent : "Liverpul" Fekir va Shakiri bilan shartnoma tuzishga yaqin

19 iyn 2018, 03:40
"Liverpul" yozgi transferlarda Fekir va Shakiri borasida muzokaralar olib bormoqda. The Independent nashrining ma'lumotlariga ko'ra "qizillar"ning Shakiri va Fekir bilan tuziladigan yangi bitimga juda yaqin kelishganini bildirmoqda.

Nabil Fekirni shartnoma imzolash imkoniyati ortdi. Ushbu manba "Lion" prezidenti Jan-Mishel Ola klubning sardori "Enfild"da o'z kelajagini ko'rayotganini tan olganini yozib o'tdi.

Shu bilan birga, "mersisaydliklar" Shakirini sotib olish bo'yicha muzokaralarda katta yutuqlarga erishdi. Shvetsariyalik futbolchini sotib olish "Liverpul" uchun 12 million funt sterlingga teng bo'ladi. Bu "Stok Siti" yarim himoyachisi uchun shartnoma bo'yicha tovon sifatida belgilangan miqdor.

Ammo Nabil Fekirning narxi ancha yuqori bo'lishi kutilmoqda. "Lion" yarim himoyachisi faqatgina "Enfild"ga o'tishni xohlaganini ma'lum qildi. Jan-Mishel Ola transferni Jahon Chempionatidan so'ng amalga oshirish haqida o'ylamoqda. Chunki Fekirning narxini o'zgartirishi mumkinligi kutilmoqda. Shunga qaramay, "Lion" prezidenti futbolchini mundial oldidan sotishga rozi bo'lishi mumkin.
Teglar : Shakiri | Nabil Fekir |
Manba : Chempionat
Qo`shdi: Alone
Ko`rildi: 1296 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 72
» Foydalanuvchilar: 6
» Mexmonlar: 66

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog