Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Rasman: Emre Jan va Jon Flanagan "Liverpul" bilan xayrlashdi

23 iyn 2018, 21:58
"Liverpul" klubining Tvitterdagi rasmiy sahifasi bir qator futbolchilar jamoani tark etgani xususida xabar berdi.

Kutilganidek, 24 yoshli Germaniya terma jamoasi a’zosi Emre Jan "mersisaydliklar" safini tark etdi. Shuningdek, faoliyatining yuqori cho‘qqisiga qayta olmagan Jon Flanagan ham ortiq "Liverpul" futbolchisi hisoblanmaydi. Har ikki futbolchi ham shartnomalari yakunlanayotgani bois klub bilan xayrlashdilar. Ularning shartnomalari 30-iyun kuniga qadar mo‘ljallangan edi.

Yana bir qator yosh futbolchilar bilan ham o‘rtadagi a’loqa davom ettirilmadi. Bular: Toni Gomes, Paulo Alvesh, Jordan Uilyams, Jordan Hanter va Harvi Uayt.

"Liverpul" klubi yorqin lahzalar uchun barcha futbolchilarga minnatdorchilik bildirgan holda, ularning kelgusi faoliyatlariga omad tiladi.
Teglar : Emre Jan | Jon Flanagan | Transferlar
Manba : twitter.com/lfc
Qo`shdi: I Liverpool
Ko`rildi: 1552 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 62
» Foydalanuvchilar: 6
» Mexmonlar: 56

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog