Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Ramzan Kadirov: Salah Chechenistonda uni qanchalik yoqtirishlarini ko‘rib hayron qoldi

14 iyn 2018, 20:30
Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Kadirov JCh-2018da ishtirok etish uchun kelgan va aynan Grozni shahridan qo‘nim topgan Misr terma jamoasining Rossiyadagi ilk kuni haqida misrlik futbol yulduzi Muhammad Salahning fikrlarini bayon etdi.

“Salah Chechenistonda uni bu qadar yoqtirishlarini va hurmat qilishlarini ko‘rib hayratga tushdi. U bunday iliq va do‘stona qabul uchun barchaga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Qolaversa, Misr elchisi Ixban Nasr va terma jamoa bosh murabbiyi Ektor Kuper Grozni shahrida ular uchun tashkil etilgan shart-sharoitlardan mamnun ekanliklarini bildirishdi”, -
deydi Kadirov.

Eslatib o‘tamiz, Misr terma jamoasi mundialning “A” guruhida Rossiya, Urugvay hamda Saudiya Arabistoni terma jamoalariga qarshi kurash olib borishadi.
Teglar : Jahon Chempionati | Muhammad Salah | Ramzan Kadirov
Manba : Liverpul.uz
Qo`shdi: FoReVeR_LFC
Ko`rildi: 845 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 89
» Foydalanuvchilar: 8
» Mexmonlar: 81

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog