Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

"Liverpul" Alisson bilan kelisha olmayapti

12 iyn 2018, 20:55
Rimning “Roma” klubi darvozaboni Alisson Angliyaning “Liverpul” klubiga o‘tmaydigan ko‘rinadi. Ingliz nashrlarida yozishlaricha, tomonlar uning tovon puli borasida kelisha olmayapti.

Xabarda aytilishicha, rimliklar Alissonning transferidan 80 mln funt ishlab olishmoqchilar. “Qizillar” esa braziliyalik kiper uchun buncha summa to‘lashni hohlamayapti.

Futbolchining o‘zi esa kelajagi JCh-2018 ga qadar aniq bo‘lishiga ishonmoqda. Unga shuningdek, “Real” va “Chelsi” jamoalari ham qiziqish bildirmoqda.

Ma’lumot uchun, Alisson yakuniga etgan mavsumda A Seriyada 37 bellashuvda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 28 ta to‘p o‘tkazib yubordi.
Teglar : Transferlar | Roma | Alisson Berker
Manba : Liverpul.uz
Qo`shdi: FoReVeR_LFC
Ko`rildi: 951 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 66
» Foydalanuvchilar: 2
» Mexmonlar: 64

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog