Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

"Liverpul" Shakiri va Fekir bilan muzokaralarni JChdan keyin davom ettiradi

19 iyn 2018, 14:19
Xabaringiz bor, ayni damda Angliya futbolida transfer oynasi boshlanib ulgurgan.

Mirror nashrining xabariga ko‘ra, "Liverpul" endi Rossiyada o‘tadigan mundialning oxiriga qadar transfer qilmaydi.

Klub ayni damda "Stok Siti" bilan Jerdan Shakiri yuzasidan muzokarani boshlab qo‘ygan edi. Biroq shveysariyalik futbolchining Jahon Chempionatida qatnashishi mana shu holatni vaqtincha to‘xtab qolishiga sabab bo‘ldi.

Shakiri bo‘yicha transfer endi Shveysariya mundialni tark etganidan so‘ng amalga oshirilishi mumkin. Uning kelishi Nabil Fekirning transferiga hech qanday ta’sir o‘tkazmaydi. Klopp ushbu futbolchini hujum chizig‘ida raqobat paydo bo‘lishi uchun olib kelmoqchi.

Shuningdek, Fekir transferiga "Liverpul" endi iyul oyida qaytadi.
Teglar : Jerdan Shakiri | Nabil Fekir | Transferlar
Manba : Mirror
Qo`shdi: I Liverpool
Ko`rildi: 854 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 42
» Foydalanuvchilar: 0
» Mexmonlar: 42

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog