Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Jahon chempionati. Henderson, Mane

22 iyn 2018, 10:25
Inglizlar Panamani tor-mor etdi, Senegal terma jamoasi esa Qit'adoshlarimiz bilan durrang qayd etishdi.
*

Yakshanba kungi dastlabki o'yin Nijnie Novgorod stadionida Angliya hamda Panama terma jamoalari o'rtasida bo'lib o'tdi. Jordan Henderson maydonda to'liq 90 daqiqa harakat qilgan bo'lsa, himoyachi Trent Alexander-Arnold zaxirada qoldirildi. Inglizlar 8- daqiqadayoq xisobda oldinga chiqib olishdi. Jon Stounz Kiran Tripperning uzatmasini golga aylantirdi. 20- daqiqada esa Jessi Lingardga nisbatan Panamaliklar jarima maydonchasi ichida qopollik ishlatishdi. Belgilangan penaltidan Harri Keyn unumli foydalandi. Keyinroq Lingardning o'zi ajoyib zarbasi bilan xisobni yirik ko'rinishga olib keldi. 4 daqiqa o'tib Stounz termasinig to'rtinchi, o'zining ikkinchi goliga mualliflik qildi. 1- bolim hakam tomonidan qoshib berilgan sonngi daqiqada Keyn 2- marta 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantirdi. 2- bolim ham Angliyaning hujumlari bilan boshlandi. Shu kuni Lotin Amerikasi terma jamoasi deyarli hech nima qila olishmadi. 2- bolim 62- daqiqada Panama darvozasiga 6 chi gol ham urildi. "Tottenhem" yetakchisi Harri Keyn o'z xisobiga xet-trik ni tasmiylashtirdi. 78- daqiqaga kelibgina Panama o'tkazib yuborilgan gollarga javob berdi. Yakuniy Xisob 6-1. Uchrashuv Angliyaning yirik xisobdagi galabasi bilan yakunlandi.
*

Keyingi uchrashuv Yekaterinburg arenada o'tkazilib, unda Senegal hamda Yaponiya terma jamoalari maydonga tushishdi. "Liverpul" yetakchilaridan biri Sadio Mane maydonda jamoa sardori sifatida harakat qildi.
*

11- daqiqadayoq Senegal xisobda oldinga chiqib oldi. Yussuf Sabalining zarbasini qaytarishda yaponiyalik darvozabon Kavashima xatoga yo'l qoydi va qaytgan top Manening oyog'iga tegib darvozadan joy oldi 1-0.
34- daqiqada Qit'adoshlarimiz xisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'lishdi. Nagatomoning uzatmasini Takasi Inui darvoaning uzoq pastki burchagiga joylab qoydi. 71- daqiqada Senegal Mussa Vagening zarbasidan keyin xisobda 2- marta oldinga chiqib oldi. 7 daqiqa o'tib zahiradan maydonga tushgan Keysuki Honda xisobni yana bir bor tenglashtirdi. O'yinda boshqa gollar urilmadi. Yakuniy xisob 2-2.
*

Teglar : Jordan Henderson | Sadio Mane | Jahon chempionati
Manba : Liverpul.uz
Qo`shdi: Liverpool777
Ko`rildi: 287 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 35
» Foydalanuvchilar: 1
» Mexmonlar: 34

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog