Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

"Lion" prezidenti Manchester klubi bilan muzokara o'tkazdi

19 iyn 2018, 11:24
"Lion" klubi prezidenti Jan-Mishel Olaning aytishicha yaqin kunlarda "Manchester Yunayted" ham "Liverpul" nishoni ostidagi Nabil Fekir uchun kurashga qo'shilishi mumkin.

Ola, fransuz futbolchisi uchun "qizillar" bilan 53 mln funtntlik kelishuvga kelishib olgan edi ammo, ushbu oy boshida muzokaralar to'xtatib qo'yilgan. Ola aytishicha u "Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo bilan muzokara o'tkazgan. Bundan avvalroq, u Fekir uchun Real ham qiziqish bildirganligini ma'lum qilgan edi.

-"Kuni kecha men Joze bilan birga edim. Biz u bilan turli masalarda suhbatlashdik"- dedi Ola.
-"Fekirning tizzasi bilan bo'lgan holat juda yaxshi, hammasi joyida. Men unga Liverpulga ko'chib o'tishiga ruxsat bergan edim. Bu amalga oshmadi, chunki muzokaralar haddan tashqari cho'zilib ketti"

Olaning ma'lum qilishicha endi hozirda u 70 mln yevro (61.5 mln funt) lik taklif bo'lsa muzokaralarni boshlaydi.
Teglar : Nabil Fekir | Jan-Mishel Ola | transferlar
Manba : Liverpul.uz
Qo`shdi: Liverpool777
Ko`rildi: 905 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 67
» Foydalanuvchilar: 6
» Mexmonlar: 61

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog