Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Muhammad Salah terma jamoadagi faoliyatini yakunlashi mumkin

14 iyn 2018, 12:12
Misr terma jamoasi yarimhimoyachisi Muhammad Salah Misr terma jamoasi qarorgohi joylashgan Chechenistondagi voqealardan so'ng terma jamoani tark etmoqchi. Checheniston prezidenti Ramzan Kadirov ushbu haftada 26 yoshli futbolchi bilan uchrashgan va unga respublikaning faxriy fuqaroligini bergan edi. Salahning fikricha, undan foydalanishgan, deya xabar beradi CNN. Futbolchi futbol bilan bog'liq bo'lmagan voqealarga yoki kimningdir siyosiy imijiga aralashib qolishni istamaydi. Misrliklar JCh pley-offi yo'lanmasini boy bergan, ular Saudiya Arabistoni bilan bir o'yin o'tkazadilar, xolos. Avvalroq, jamoa joylashgan mehmonxonaga biznesmenlar, artistlar va shou-biznes vakillarini jalb qilib, o'yinga tayyorgarlik ko'rishda halaqit bergan misrlik amaldorlar bilan ziddiyatga borib qolgan Salah oxirgi turdagi o'yinda ishtirok etishdan bosh tortgani xabar qilingan edi. Salah musobaqani muddatidan avval tark etishi xabar qilingan, keyinroq futbolchi bu xabarni inkor qilgan edi.
Manba:stadion.uz
Teglar : Muhammad Salah | Ramzan Kadirov |
Manba : stadion.uz
Qo`shdi: Liverpool777
Ko`rildi: 729 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 68
» Foydalanuvchilar: 5
» Mexmonlar: 63

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog