Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Tarixiy o'yin: Kloppning "Enfild"dagi ilk qo'shig'i

17 iyn 2018, 22:09
Oxirgi ikki mavsumda Angliyaning “Liverpul”ko‘pchilikning diqqat markazida bo‘lib turibdi. Muxlislar bu jamoaning hujumkoro‘yinidan zavaqlanmoqda. Bunday hujumkor o‘yinning bosh sababchisi Yurgen Klopp hisoblanadi. Klopp ingliz muxlislariga yoqadigan tezkor va shiddatli o‘yinni o‘z jamoasiga singdira oldi. 2015-16 yilgi mavsumda “Liverpul” Yevropa Ligasining finaligacha yetib borgandi. O‘sha musobaqaning chorak finalida “Liverpul” Kloppning sobiq jamoasi “Borussiya” bilan to‘qnash kelgan…
NEMISCHA MADHIYA
Bu bahs Yurgen Klopp sabab alohidae’tiborni tortdi. Aynan uning qo‘l ostida “Borussiya” Germaniyada “Bavariya”ning uzoq yillik gegemonligiga nuqta qo‘ygandi. Klub muxlislari ham Kloppni qattiq hurmat qilishardi. U ketganidan keyin ham murabbiyga bo‘lgan munosabat iliqligicha qoldi. Buni aynan “Liverpul”ga qarshi o‘yinlarda bilib olish mumkin edi. “Liverpul” 2015/16 yilgi Yevropa Ligasi chorak finalining ilk o‘yinini o‘tkazish uchun Dortmundga bordi. O‘yin boshlanishidan oldin stadionda ajoyib muhit yuzaga keldi. Mahalliy muxlislar jamoalarni “Liverpul”ning mashhur madhiyasiga aylangan “You will neverwalk alone” qo‘shig‘ini kuylashdi. Ularning qo‘llarida ikki jamoaning nomi va “You will never walk alone” so‘zlari yozilgan sharflar ko‘tarildi. Odatda juda qiziqqon bo‘lgan ingliz muxlislari germaniyalik fanatlarbilan do‘stlarday rasmga tushishdi.Bunaqasini har kuni ham ko‘ravermaysiz. Birgina murabbiy sabab ikki klub o‘zaro do‘stga aylandi. Xuddi shunday iliq kutib olish Angliyada ham kuzatildi. Ingliz muxlislari nemislarni juda yaxshi qarshilab, javob o‘yini boshlanishidan oldin “You will never walk alone”ni birga kuylashdi. Hammasi juda ajoyib edi, lekin o‘yin undan ham ajoyibroq o‘tdi…
*
AVVAL SEN, KEYIN MEN
Jamoalarning Germaniyada kechgan birinchi o‘yinida 1:1 hisobida qaydetilgan va bu inglizlarga o‘z maydonida o‘tadigan javob uchrashuvi oldidan ustunlik berardi. “Enfild”dagi o‘yin esa dortmundliklarning ustunligi bilan boshlandi. 5-daqiqadayoq Genrix Mxitaryan hisobni ochadi. Hujum vaqtida Filipe Koutino to‘pni oldirib qo‘yadi va nemislar katta tezlik bilan qarshi hujumga o‘tishadi. To‘p jarima maydonchasi ichidagi Obameyangga uzatiladi, biroq uning zarbasini Simon Minole qaytaradi. Qaytgan to‘pni esa himoyachilar ta’qibidan holi qolgan Mxitaryan darvozaga joylab qo‘yadi – 0:1. Inglizlar o‘zlariga kelib ulgurmay “Borussiya” ikkinchi golni uradi. Yana “Liverpul” futbolchisi to‘pni yo‘qotib qo‘yadi va nemislar qarshi hujumga o‘tishadi. Maydon markazida to‘pni qabul qilib olganMarko Roys to‘pni katta tezlikda oldinga borayotgan Pyer-Emerik Obameyangga uzatadi. Markaziy himoyachi Sakodan tezlikda o‘tib ketgan gabonlik hujumchi darvozaning yaqin yuqori burchagiga to‘pni “mixlab qo‘yadi” – 2:0. Birinchi bo‘lim mana shunday hisob bilan yakunlanadi. Ikkinchi bo‘lim esa…Ikkinchi bo‘limni “Liverpul” faollik bilan boshlaydi. Taymning uchinchi daqiqasidayoq Klopp shogirdlari hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lishadi. Maydon markazida to‘pni egallab olgan Emre Jan Koutino bilan devor uslubida bitta raqibni ortda qoldirgach, to‘pni hujumdagi Devok Oridjiga yetkazib beradi. Belgiyalik hujumchi esa Sokratis Papastatopulusni ortda qoldirib, Vaydenfeller darvozasini ishg‘ol qiladi – 1:2. Bu gol “Liverpul” muxlislarida umid uyg‘ota boshlagan bir vaqtda esa Marko Roys bir qarashda masalaga nuqta qo‘ygan golni uradi. Shindji Kagava yordamida bemalol jarima maydonchasiga yorib kirgan Roys 57-daqiqada hisobda 1:3 ga yetkazadi. Bu esa “Liverpul” qolgan yarim soat ichida “Borussiya” darvozasiga uchta gol urishi kerak degani edi.
*
Himoyasida Mats Xummels kabi futbolchilar o‘ynaydigan jamoa darvozasiga yarim soatda uchta gol urib bo‘ladimi? Bo‘larkan!66-daqiqada ketma-ket hujumlardan keyin jarima maydonchasiga kirish qiyin bo‘layotganini ko‘rgan Koutino Milner bilan devor uslubidagi kombinatsiyani amalga oshirib, qulay zarba pozitsiyasiga chiqib boradi va 20 metrlar masofadan darvozaning uzoq burchagini aniq nishonga oladi. O‘sha vaqtda stadionning qaynaganini ko‘rsangiz edi. Biroq bu hali hammasi emasdi. Endi katta sahnaga o‘yin boshida jiddiy xatolarga yo‘l qo‘ygan markaziy himoyachilar chiqishadi. 78-daqiqada “Liverpul” burchak to‘pi tepish imkoniga ega bo‘ladi. Jarima maydonchasi ichiga yetkazib berilgan to‘pni esa markaziy himoyachi Mamadu Sako bosh bilan darvozaga joylaydi – 3:3. Bu goldan stadiondagi muxlislar junbushga kelib, “Liverpul”ni yana oldinga boshlashadi, biroq nemislar himoyada juda mustahkamturishadi. Hakam tomonidan qo‘shibberilgan daqiqalar boshlanganida “Liverpul” maydon markazidan jarima zarbasi tepadi. Milner to‘pni jarima maydonchasi ichidagi Starridjga yerlatib uzatadi. Deni esa to‘pni yaxshi to‘xtata olmaydi, lekin jarima maydonchasi ichiga kirib brogan Milnerga aniq to‘p uzatishini amalga oshiradi. Jeymsesa to‘pni darvoza yaqiniga havolatib uzatadi. Bu yerda hammadan baland sakragan Deyan Lovren to‘pni bosh bilan darvozagayo‘llaydi – 4:3. Bu shunchaki dahshat!“Liverpul” futbolchilar muxlislar orasiga yugurib ketishadi, zaxiradagilar ham aqldan ozar darajada xursand bo‘lishadi, Klopp esa ko‘z oynagi xursandchilik vaqtida sinib ketgani uchun nima qilarini bilmay qolgandi. Bu murabbiyning “Liverpul”dagi ilk yorqin o‘yini edi. Shu tariqa “Qizillar” Yevropaning eng chiroyli o‘yin ko‘rsatadigan jamoasiga aylanib borishdi. O‘sha o‘yindan keyin Liverpul radiosiga bo‘lgan qo‘ng‘iroq mashhur bo‘lib ketgandi: “Men hozirgina o‘g‘il farzandi bo‘ldim va uning ismini Deyan deb qo‘ydim”. G‘alaba to‘pini kiritgan Deyan Lovren sharafiga…
Yevropa Ligasi, 1/4 final
LIVЕRPUL – BORUSSIYA D 4:3
2016 yil, 14 aprel Liverpul. «Enfild Roud» stadioni.
Bosh hakam:Junayt Chaqir (Turkiya).Gollar:Oridji (48), Koutinyu (66), Sako (78), Lovren (90+1) – Mxitaryan (5), Obameyang (9), Roys (57).
«Liverpul»:Minole, Klayn, Sako, Lovren, Alberto Moreno, Lallana (Allen, 62), Jan (Lukas, 80), Milner, Firmino (Starridj, 62), Koutinyu, Oridji.

«Borussiya»:Vaydenfeller, Pishchek, Xummels, Papastatopulos, Shmelser, Mxitaryan, Kastro (Gyundogan, 82), Vaydjl, Kagava (Ginter, 77), Roys (Ramos, 83), Obameyang.Birinchi o‘yin– 1:1.
Teglar : Klopp | Dordmund | tarixiy o'yin
Manba : erudit-sport.uz
Qo`shdi: Doktor_Haus
Ko`rildi: 783 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 43
» Foydalanuvchilar: 1
» Mexmonlar: 42

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog