Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Klopp: "Yangi shartnoma - Salahning o'tgan mavsumdagi ishlari uchun sovrin"

19 iyl 2018, 15:01
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoa forvardi Muhammad Salahning klub bilan imzolagan yangi shartnomasi haqida fikr bildirdi.

"Salahning yangi bitimi - o'tgan mavsumda bajargan ishlari uchun sovrin. Dunyo darajasidagi iqtidorlar "Enfild"da o'z uylarini ko'rishini istaymiz. Salahdek futbolchi bu yerni uyi deb atasa, ushbu gaplar ko'p narsani anglatadi.

Salah yanada o'sishini istaymiz. Uning asosiy sifati - Salah hech qachon o'zini jamoadan ustun qo'ymaydi va uning o'tgan mavsumdagi muvaffaqiyatlari jamoadoshlari tufayli bo'lganini yaxshi biladi", - deydi Klopp.
Teglar : Intervyular | Yurgen Klopp | Muhammad Salah
Manba : Championat.asia
Qo`shdi: Scouser
Ko`rildi: 516 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 91
» Foydalanuvchilar: 4
» Mexmonlar: 87

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog